Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:47

Qirg‘iziston: Bosh vazir va amaldorlarning imtiyozli avtomobil raqamlari yo‘q qilindi


Bundan buyon Qirg‘iziston yo‘llarida hamma haydovchilar teng huquqli bo‘ladi. Qirg‘iziston davlat ro‘yxatga olish xizmati parlament deputatlari, hukumat va prezident ma’muriyati amaldorlariga alohida imtiyozlarni beruvchi KG nomerlarini yo‘q qilishga kirishdi.

Қирғизистон: Амалдорларга имтиёзлар берувчи "KG" номерлар йўқ қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:44 0:00

- Bundan buyon odamlarning hukumat yoki boshqa idoralardagi egallagan lavozimlariga qarab imtiyoz berilmaydi. Barcha avtomashinalarda oddiy davlat raqamlari bo‘ladi. Masalan, 125- seriyadagi davlat raqimi Bosh vazirga, 126 seriyadagi nomer esa ijtimoiy jamg‘armaning oddiy xodimiga berilishi mumkin. Bu tadbirning asosiy falsafasi- yo‘lga avtomashina haydab chiqqan har bir fuqaroning faqat birgina maqomi bor-u oddiy haydovchidir. Unga alohida qandaydir imtiyozlar berilmaydi, -dedi Davlat ro‘yxatga olish xizmati rahbari Tayirbek Sarpashev.

Davlat ro‘yxatga olish xizmatining bildirishicha, ayni paytda respublikada "KG" rusumidagi nomerlar 143 amaldorga berilgan edi. Ularning 124tasi 3 fevral kuni yo‘q qilindi. Qolgan 19ta nomer esa 18 fevralgacha amaldorlardan qaytarib olinib, yo‘q qilinadi.

Bungacha Qirg‘iziston fuqarolik jamiyati amaldorlar va deputatlarning avtomashinalariga beriluvchi "KG" rusumidagi davlat raqamlarini bekor qilish tashabbusini bir necha bor ko‘tarib chiqqan edi.

Qirg‘iziston parlamentining o‘tgan yil oktyar oyida saylangan 6-chaqiriq deputatlari ham barcha imtiyozlardan, jumladan, "KG" nomerlardan bosh tortganlari haqida qaror chiqargan edi.

XS
SM
MD
LG