Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:52

Huquqbonlar Jahon bankidan O‘zbekistonda tekshiruv o‘tkazishni talab qilmoqda


Toshkentlik huquq faollari Malohat Eshonqulova va Yelena Urlaeva Jahon bankining Mustaqil nazorat kengashiga O‘zbekistonda majburiy mehnat mavjudligi borasidagi faktlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazish talabi bilan murojaat qildi. Avvalroq Jahon banki Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistonda majburiy mehnat holatlari aniqlanmagani to‘g‘risidagi hisobotiga tayangan holda, Toshkent bilan hamkorlik davom etishini e’lon qilgan edi.

Ҳуқуқбонлар Жаҳон банкидан Ўзбекистонда текширув ўтказишни талаб қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:35 0:00

Malohat Eshonqulova: "Jahon banki ochiq haqiqatni tan olishni istamayapti"

Toshkentlik huquq faoli Malohat Eshonqulova Jahon bankining Mustaqil nazorat kengashiga murojaat qilishlariga mazkur bankning O‘zbekistonda majburiy mehnat mavjudligini tan olishni istamayotgani sabab bo‘lganini aytdi:

- Biz O‘zbekiston ichkarisida yashayotgan fuqaro sifatida respublika miqyosida barcha paxta dalalarida bo‘lganmiz. Biz O‘zbekistonda majburiy mehnat mavjudligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rganmiz. Bizning qo‘limizda bu haqda videotasvirlar, fotosuratlar, video va audio intervyular bor. O‘zbekistonda majburiy mehnat borligidan BMTning mehnat-huquq inspektsiyalari, Jahon banki ko‘z yumayotgani bizning keskin noroziligimizga sabab bo‘ldi.

Malohat Eshonqulovaning aytishicha, majburiy mehnat holatlarini monitoring qilish o‘zbekistonlik huquq himoyachilari uchun ham oson bo‘lmayapti. “Bu ishni bajarayotgan faollar muntazam bosimga uchramoqda”, deydi suhbatdoshimiz.

- Mana, O‘ktam Pardaev paxtazorlardagi majburiy mehnatni monitoring qilgani uchun 56 kun davomida hibsxonalarning zah hujralarida o‘tirishga majbur bo‘ldi. Dmitriy Tixonovning uyi kuyib kul bo‘ldi va u Ona vatanni tark etib, xorijga ketishga majbur bo‘ldi. Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon bankining bunday haqiqatdan ko‘z yumishi bizga juda qimmatga tushayapti va bizning nafsoniyatimizga tegayapti, - dedi Malohat Eshonqulova.

Jahon banki O‘zbekistonga beriladigan kreditlar miqdorini ikki barobarga ko‘paytirdi

Huquq faollari Jahon bankining mustaqil nazorat kengashiga jo‘natgan murojaatida 2015 yildaToshkent, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan monitoring natijasida aniqlangan majburiy mehnatga oid faktlar ham keltirilgan.

Xalqaro mehnat tashkiloti 2015 yilgi paxta mavsumini bevosita kuzatish davomida O‘zbekiston hukumati aholini majburan paxtaga chiqaraëtganini tasdiqlasa¸ Jahon banki Toshkentning qishloq xo‘jaligini isloh qilish iddaosi bilan taqdim etgan dasturlariga ajratilgan 500 million dollarlik kreditni to‘xtatishi kerak edi. Ammo XMT bunday xulosa chiqarmagani va Jahon banki yarim milliard dollar qarzni beradigan bo‘lgani to‘g‘risida Ozodlik radiosi o‘tgan yilning 18 dekabr kuni xabar qilgan edi.

O‘zbekiston va Jahon banki tomonidan imzolangan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik strategiyasi doirasida Jahon banki yanvarь oyida O‘zbekistonga 3,5 -4 milliard dollarlik kredit berishini bildirgan.

Bu Jahon banki O‘zbekistonga berayotgan eng katta kredit bo‘lib hisoblanadi. 2012-2015 yillardagi hamkorlik strategiyasi doirasida Jahon banki O‘zbekistonga 1 milliard 973 million dollar qarz bergan edi.

Yelena Urlaeva: "Biz murojaatimiz e’tiborga olinishiga ishonamiz"

Jahon bankining Mustaqil nazorat kengashiga jo‘natilgan murojaatni imzolagan yana bir huquq faoli Yelena Urlaeva ularning arizasi e’tiborga olinishiga ishonadi.

- Biz Jahon bankining Mustaqil nazorat kengashi a’zolari bilan uchrashganmiz. Ular bizga arizani qay shaklda yozish kerakligi haqida maslahat berishgan. Nazorat kengashi a’zolari bilan Toshkentdagi mehmonxonalarning birida yopiq eshiklar ortida uchrashganmiz. Biz murojaatimiz inobatga olinishiga ishonamiz. Chunki 2015 yilgi paxta mavsumida yashirin tarzda maktab o‘quvchilari ham paxtaga olib chiqilgani holatlarini aniqlaganmiz. Masalan, Xorazm viloyatida mana shunday holatlar juda ko‘p aniqlangan,- dedi Yelena Urlaeva.

Jahon bankining Mustaqil nazorat kengashi 1993 yilda tashkil etilgan. Kengash Jahon banki faoliyati tufayli o‘zlarini jabrlangan yoki ziyon ko‘rayotgan, deb hisoblaydigan shaxslarning arizalari yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.

Mustaqil nazorat kengashiga murojaat qilgan o‘zbekistonlik huquq faollari "Jahon banki majburiy mehnat mavjudligidan ko‘z yumgan holda O‘zbekiston hukumatiga katta miqdordagi kreditlarni berayotgani ortidan oddiy o‘zbekistonliklar jabrlanmoqda, Jahon banki bu siyosatini to‘xtatsa, Toshkent rasmiylari majburiy mehnatga barham berish yo‘lidagi harakatlarni boshlar edi", deb hisoblaydilar.

XS
SM
MD
LG