Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:37

Putin o‘shlik mehnat muhojiriga medal taqdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Marat Isaevga medal topshirmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Marat Isaevga medal topshirmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10 mart kuni Moskvadagi firmalardan birida kurьer bo‘lib ishlovchi qirg‘izistonlik mehnat muhojiri Marat Isaevga “Inson umrini saqlab qolgani uchun” medalini Kremlda tantanali ravishda topshirdi. Marat o‘z umrini xavf ostiga qo‘yib, militsiya xodimi bilan Moskva metrosida xushidan ketib, temir yo‘l iziga yiqilgan ayolni qutqarib qolgan.

Kremlda o‘tgan tantanali marosimda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirg‘izistonlik mehnat muhojiri Marat Isaev va politsiyachi Artem Korolyukning harakatini haqiqiy qahramonlik deb atadi.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin bu ikki qahramonni mukofotlagan edi. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev ham Marat Isaevni prezident soati hamda pul mukofoti bilan taqdirlagan.

Marat Isaev 11 fevralda Moskvaning “Krasnoselskaya” metro bekatida xushidan ketib, temir yo‘l iziga yiqilgan ayolni qutqarib qolgan. Mazkur voqea tasvirlangan videoda Marat o‘zini ayolning ortidan temir yo‘l iziga tashlagani, keyinroq bir politsiyachi kelib unga yordam bermoqchi bo‘layotgani, ammo shu vaqtda poezd kelayotgani aks etgan. Marat va politsiyachi Artyom temir yo‘l izlari o‘rtasidagi yo‘lakka yotib olishgan. Poezd ularning ustidan o‘tib to‘xtagan. Poezd ketganidan so‘ng Marat va Artyom xushidan ketgan ayolni platformaga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu voqeani eslar ekan, Marat Isaev o‘zini qahramon, deb hisoblamasligini aytadi:

-Men o‘zimni qahramon, deb hisoblamayman. Bunga men hozirgacha ko‘nika olmayapman. Odamlar yo‘limni to‘sib, men bilan suratga tushishadi. Ayrim paytlarda odamlar ortimdan kelib, to‘xtatishib, men bilan suhbatlashadi. Bu holatlarga ko‘nikishga harakat qilayapman. Lekin men hech kimdan hech narsa so‘ragan emasman va bundan keyin ham so‘ramayman. Meni unitishsa ham hafa bo‘lmayman, - dedi Marat Isaev.

Марат: Мен ўзимни қаҳрамон деб ҳисобламайман
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:02 0:00

Qirg‘izistonlik mehnat muhojirining aytishicha, u Qirg‘izistonda qolgan onasi tashvishlanmasligi uchun bu voqeani yaqinlaridan ham yashirgan. Biroq voqea haqidagi videolar va xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng onasi unga telefon qilib, o‘g‘li bilan faxrlanishini aytgan.

-Men bu ishni qahramon bo‘laman, nom chiqaraman, deb qilganim yo‘q. O‘sha paytda men yiqilgan ayolni platformaga olib chiqib qo‘yay, debgina o‘ylaganman. Bu voqea shunchalik shov-shuv bo‘lib ketishi hayolimga ham kelgan emas, - dedi Marat Isaev.

Marat Isaev Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilib-o‘sgan. Hozir uning ota-onasi, xotini va qizi O‘shda yashaydi. Marat esa 9 yildan beri Moskvada ishlab, tirikchilik qilmoqda.

XS
SM
MD
LG