Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:32

Toshkentda Botir Zokirovning 80 yilligi nishonlanadi


Taniqli o‘zbek estrada qo‘shiqchisi Botir Zokirov tavalludiga 80 yil to‘lgani munosabati bilan “Zokirovlar kuylaydi” deb nomlangan disk chiqarildi. O‘zbekistondagi "Diskaveri" do‘konlar tarmog‘ida sotuvga qo‘yilgan bu diskdan sulolaning Karim Zokirovdan boshlab Nargiza Zokirovagacha bo‘lgan qo‘shiqchilari ijro etgan 20 ta qo‘shiq o‘rin olgan.

Ayni jamg‘arma Botir Zokirovning aprel oyiga mo‘ljallangan yubileyi oldidan “Qo‘shiq rasmini chiz” degan tasviriy san’at konkursini tashkil qildi.

Disk O‘zbekistondagi "Botir Zokirov" jamg‘armasi tayyorlandi.

Bu tadbir doirasida o‘zbek rassomlarining Botir Zokirovga bag‘ishlangan asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Shu bilan birga Botir Zokirov mo‘yqalamiga oid rasmlar ko‘rgazmasiga ham tayyorgarlik ketayotgani bildirildi.

Zamonaviy O‘zbekiston qo‘shiqchilik san’ati butun bosqichlarini qamragan Zokirovlar sulolasi mamlakat musiqa tarixining solnomasidir.

Arab tangosini Parijdagi Olimpiya sahnasida ijro qilgan o‘zbek estradasining afsonaviy qo‘shiqchisi Botir Zokirov Zokirovlar sulolasining eng tanilgan namoyandasidir.

Sulolaning san’atdagi tarixi ilk o‘zbek opera qo‘shiqchisi Karim Zokirovdan boshlanadi.

1977 yili 65 yoshida olamdan o‘tgan O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirov opera kuylagan ilk o‘zbek baritoni sifatida tarixga kirdi.

Maysaraning ishi operasidagi Karim Zokirov ijro qilgan Mulla To‘ychi ariyasini keksa avlod yaxshi eslaydi.

Bir paytlar Karim Zokirovni mashxur qilgan Mulla to‘ychi ariyasini shu kunlarda 36 yashar o‘zbek baritoni “Nihol” mukofoti sovrindori, Toshkent davlat konservatoriyasi diplomanti Jenisbek Piyozov ijro qilib olqish olmoqda.

Karim Zokirov o‘zi haqida O‘zbekiston radiosi muxbiriga 1971 yilda gapirarkan, Toshkentning ko‘kcha darvoza mahallasida tug‘ilgani va Moskva konservatoriyasini bitirib, opera qo‘shiqchisi bo‘lganini faxr bilan ta’kidlagan edi.

Luiza Botir, Jamshid va Farrux Zoirovlarning otasi bo‘lgan Karim Zokirov o‘zbek klassik qo‘shiqlarini ham ijro qilib el olqishini olgan edi.

Karim Zokirovning katta o‘g‘li Botir Zokirov ilk qo‘shiqlarini otasi kabi o‘zbekcha ijro etdi. Ozodlik arxivida Botir Zokirov ijro etgan “O‘zbekistonim” qo‘shig‘i bor. Eski lentaga muhrlangan navqiron ovoz baxtiyor Sovet O‘zbekistoni haqida kuylaydi.

Bu sulolaning yana bir vakili xozir AQShda istiqomat qilaëtgan Luiza Zokirova ham o‘zbekcha qo‘shiqlari bilan tilga tushdi.

Munaqqidlar nazarida Zokirovlar sulolasining everest cho‘qqisi Botir Zokirov bo‘lsa, Farrux Zokirov bu sulolaning yorqin yulduzidir.

Ozodlik bilan suhbatda Farrux Zokirov: "Agar akam tirik bo‘lganida, 80ga kirar edi", deya gap boshladi...

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:12 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG