Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:26

O‘zbekistondagi maxfiy tunnelning Qirg‘izistonga chiqadigan joyi topilmayapti


O‘zbek-qirg‘iz chegarasini tikonli sim bilan to‘sayotgan chegarachilar.
O‘zbek-qirg‘iz chegarasini tikonli sim bilan to‘sayotgan chegarachilar.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga qazilgani aytilayotgan 110 metrlik er osti yo‘lining Qirg‘izistonga chiqadigan tuynugi topilgani yo‘q. Bu haqda 29 mart kuni Qirg‘iziston Chegara xizmati ma’lum qildi. Bir necha kun oldin bu tunneldan O‘zbekiston tomoniga ekstremistlar o‘tgani va tunnel oshkor etilgach o‘zbek tomoni Qirg‘iziston bilan chegaralarni yopgani xabar qilingan edi.

Qirg‘iziston Chegara xizmatining bildirishicha mazkur xabar paydo bo‘lganidan so‘ng chegaraoldi hududida maxsus tekshiruv ishlari o‘tkazilgan. Chegara xizmati rasmiysi Sajira Cho‘qo‘lo‘eva chegaradagi uylarning barchasi tekshirib chiqilgani, biroq tunnelga kirish-chiqish tuynuklari topilmaganini ma’lum qildi.

-Bu tunnelning Qirg‘izistonga chiqadigan joyini topish uchun tezkor tergov-qidiruv ishlari o‘tkazildi. Biroq Qirg‘izistonning chegaraga tutash hududlarida bu tunnelning tuynugi topilgan emas, -dedi Sajira Cho‘qo‘lo‘eva.

Uning aytishicha, shunga qaramay, tunnelga kiradigan joyni qidirish ishlari boshqa hududlarda davom ettirilmoqda.

Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumani Qirg‘izqishloqdagi bir uydan Oltiariq tumani Bo‘rbaliq qishlog‘idagi uyga olib o‘tuvchi er osti yo‘li 17 mart kuni o‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan oshkor qilingani haqidagi xabarlar 25 mart kuni tarqatilgan edi.

Ozodlik radiosiga Oltiariq tumanidan olingan bu xabarni Farg‘ona viloyati hokimiyatidagi manba ham tasdiqlagan. Manbaning aytishicha, chuqurligi 7-8 metr keladigan yer osti tunnelining uzunligi 110 metr bo‘lgan. Bu tunnel chegaraning ikki tomonida joylashgan aholi uylarini bir-biri bilan bog‘lagan.

25 mart kuni O‘zbekiston Chegara xizmatining raisi Rustam Iminjonov qirg‘izistonlik hamkasbi Raimberdi Duyshenbievga bu tunnelning O‘zbekiston tomonidagi chiqish joyini ko‘rsatgani ham aytilgan.

O‘zbek chegarachilari rahbarlari qirg‘iz hamkasblariga bu tunnel orqali diniy-ekstremistik adabiyotlar, kontrabanda mollari va qurol-yarog‘ ham olib o‘tilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

18 mart kuni O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegaralarini bir tomonlama yopgan edi. Chegaralarning yopilishiga mana shu tunnelning topilgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonning 18 mart kuni chegaralarni yopgani hamda ikki davlat o‘rtasida bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga 2 BTR va harbiylarini kiritgani O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqargan.

24 mart kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev agar O‘zbekiston bahsli hududdan o‘z harbiylarini olib chiqib, vaziyatni yumshatishga harakat qilmasa, Toshkentda iyunь oyida o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘ilishiga bormasligini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG