Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:31

O‘zbekiston foydalanib kelayotgan suv zahiralarini Qirg‘iziston qaytarib olmoqchi


Bu haqda Qirg‘iziston hukumatining chegaralarni aniqlash va demilitatsiya qilish bo‘yicha mutassadisi Qurbonboy Iskanderov ma’lum qildi. Qirg‘iziston O‘zbekistondan qaytarib olishini aytayotgan ayrim suv ob’ektlari ikki davlat o‘rtasidagi bahsli bo‘lib turgan hududlarda joylashgan.

Qirg‘iziston hukumatining chegaralarni aniqlash va demilitatsiya qilish bo‘yicha mutassadisi Qurbonboy Iskanderov “O‘rtato‘qay” (O‘zbekistonda Kosonsoy, deb ataladi) va Karkidon suv omborlari, Katta Namangan, Chust, Norin, So‘x-Shoximardon, Lagan, Savay kanallarini O‘zbekiston ixtiyoridan Qirg‘izistonga qaytarish bo‘yicha ishlar boshlanganini aytdi.

Rasmyining bildirishicha, bu kanallardan Sho‘rolar davrida ham, mustaqillikdan keyin ham O‘zbekiston foydalanib kelgan, lekin bu ob’ektlar joylashgan hududlar Qirg‘iziston erlari hisoblanadi. Lekin Qurbonboy Iskanderov bu suv zahiralaridan foydalanish masalasida ikki davlat o‘rtasida birorta hujjat imzolanmaganini aytdi:

- Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida “O‘rtato‘qay” suv omboridan foydalanish masalasida shartnoma ham imzolanmagan. Shu kungacha O‘zbekiston Qirg‘izistonga ijara haqi uchun bir tiyin to‘lamadi. Soyuz davrida O‘zbekiston bizdan ijaraga yer olib, Ittifoq byudjeti hisobidan qurilgan ob’ektlarni 1992 yilgi davlatlararo shartnoma asosida Qirg‘izistonga qaytarishi kerak edi. Bu shartnomani O‘zbekiston prezidenti imzolagan va parlament ratifikatsiya qilgan, - dedi Qurbonboy Iskanderov.

Ayni paytda O‘zbekiston bu ob’ektlarning o‘ziga tegishli ekani to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud ekanini bildirgan. Toshkent, ayniqsa, “Kosonsoy” va “Kampirobod” suv omborlari O‘zbekistonga tegishli ekanini, bu ob’ektlar to‘lig‘icha Toshkent ixtiyoriga o‘tkazilishi shartligini talab qilib keladi. “Kosonsoy” va “Kampirobod” suv omborlari Farg‘ona vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan ta’minlovchi asosiy zahira hisoblanadi.

Qirg‘iziston mazkur ob’ektlarni O‘zbekistondan qaytarib olishga 2001 yildan beri harakat qilib keladi. Lekin o‘tgan 15 yil davomida bu harakat natijasiz yakunlangan.

Ayni paytda Bishkekda 29 mart kuni parlament prokuraturaga hukumatning O‘zbekiston bilan bahsli bo‘lib turgan Unkurtog‘ to‘g‘risidagi qarorini tekshirish to‘g‘risida topshiriq berdi. O‘zbekistonliklar Ungartepa, deb ataydigan mazkur hududda Qirg‘iziston retranslyatorlari va O‘zbekistonning telefon signallarini tarqatuvchi stantsiyasi mavjud.

Qirg‘iziston hukumatining Ungartog‘dan retranslyatorlarni ko‘chirish to‘g‘risidagi qarori bir necha kun oldin Karvon shahar kengashi deputatlarining noroziligiga sabab bo‘lgan va mahalliy hokimiyat hukumat qarorini bajarishdan bosh tortgan edi. Karvon shahar deputatlariga ko‘ra, hukumat qarorida “Unkurtog‘ning O‘zbekistonga tegishli ekani tan olingan”. Qarorda “O‘zbekistonga tegishli Unkurtog‘ hududidan “Karvon-24” retranslyatorini ko‘chirish” to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

Biroq Qirg‘iziston hukumati qarorda Unkurtog‘ni O‘zbekistonga tegishli ekanini tan tolmaganini va mahalliy hokimiyatga yuborilgan qaror matni kimdir tomonidan sohtalashtirilganini iddao qilmoqda.

- Qarorda “O‘zbekiston Respublikasi hududida” deb emas, “O‘zbekiston bilan chegaradosh hududda”, deb yozilgan. Hukumat apparatidan mana shunday qaror jo‘natilgan. U erda ularning o‘zlari qaror matnini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Bu qarorning fotonusxasini ko‘rsatishayapti. Fotonusxani so‘zlarni o‘zgartirib yasash ham mumkin, - dedi qirg‘iz hukumati axborot siyosati bo‘limi boshlig‘i Nazira Axmedova.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara muammosi bo‘yicha taranglik 18 mart kuni Toshkent tomonidan bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga harbiy texnika va askar kiritilganidan so‘ng paydo bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati bahsli hududga askar kiritilishini avval Navro‘z munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirildi, deb izohlagan. Keyinroq esa o‘zbek matbuotida 17 mart kuni O‘zbekistondan Qirg‘izistonga o‘tuvchi 110 metrlik yer osti yo‘li topilgani munosabati bilan Toshkent 18 martdan boshlab chegaralarni yopgani xabar qilingan.

Ammo 29 mart kuni Qirg‘izg‘iston Chegara xizmati O‘zbekistonda topilgan yer osti yo‘lining Qirg‘izistondan chiqadigan joyi topilmaganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG