"Оилавий овоз бериш ҳолатидан 4 тасига гувоҳ бўлдим"...
Самарқандлик сайловчи, шунингдек, бепул экани эълон қилинган жамоат транспортлари жуда камёб бўлгани ҳақида ёзди:
"Bugun saylovda men ham ishtirok etdim. Samarqand shahridagi saylov uchastkalarida O'tgan safargiday oilaviy bir kishi kelib ovoz berilishini 4 ta joyda shaxsan kuzatdim.
Undan keyingi Samarqand viloyati va shahri hokimiyatining va'dasi... Saylov kuni bepul buldi. Faqat odamlar ko'chada qolishdi. Chunki juda kam avtobus ko'chaga chiqqandi. Masalan men o'zim eng ko'p odam minadigan 3 va 32-yo'nalishdagi avtobuslardan kun davomi faqat 2-3 tagina ko'rdim. Bo'lsa ham bir soatda bitta keldi. Bu "Samarqandtrans" markazining g'alati "tashabbus"i bo'ldi. Avtobus bepul lekin odamlar ko'shada avtobussiz?"
(Мактуб таҳрирсиз чоп этилди - таҳр.)
Марказий сайлов комиссияси маҳаллий вақт билан соат 19:00да қарийб 85 фоиз сайловчи овоз бериб бўлганини маълум қилди