Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:00

Toshkentlikning "Ozodlik"da e’lon qilingan shikoyatini hokimlik 1 kunda hal qildi


Toshkent shahar hokimligi saytida e’lon qilingan suratlar. Chapdagisi Ozodlikda 2 avgust kuni e’lon qilingan. O‘ngdagisi oradan 1 kun o‘tgandagi holati.
Toshkent shahar hokimligi saytida e’lon qilingan suratlar. Chapdagisi Ozodlikda 2 avgust kuni e’lon qilingan. O‘ngdagisi oradan 1 kun o‘tgandagi holati.

Toshkent shahar hokimligi o‘zining rasmiy saytida “Ozodlik” radiosining “Facebook” sahifasida e’lon qilingan Toshkent shahridagi 9 qavatli sobiq yotoqxonalardan birida oilasi bilan istiqomat qilayotgan fuqarolardan birining yondosh ochiq xonada ochiq shchit tufayli yuzaga kelayotgan muammolari o‘rganib chiqilganini xabar qildi.

Hokimlik saytining xabar qilishicha, masalani "o‘rganish jarayonida ushbu yotoqxona Yashnobod tumani, Aviasozlar 2-dahasi, 37 uy, ya’ni sobiq Aviasozlar birlashmasining 22-sonli to‘qqiz qavatli yotoqxonasining 103-xonasi bo‘lib chiqdi. Xonadon egasi Muqaddas Haydarova oilasi bilan 2015 yilning 2 fevralidan buyon joyda istiqomat qilib kelishi ma’lum bo‘ldi. Fuqaro murojaatida bildirilgan salbiy holatlar, jumladan M. Haydarova egallab turgan xonaga tutash bo‘lgan shchitxona butun binoni elektr quvvati bilan ta’minlovchi shchit hisoblanadi. Uning alohida yopiq kichik xonada bo‘lishi bino loyihasida belgilangan. Masala joyga chiqib o‘rganilganda shchitxona eshigi yo‘qligi hamda qarovsiz ahvolda ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Mutaxassislar tomonidan ushbu salbiy holat tezda bartaraf etildi. Shchitxonaning tashqi ko‘rinishi to‘liq tartibga keltirilib, uning kirish qismiga qulfli eshik o‘rnatildi".

Toshkent shahar hokimligi quyidagilarni ham bildirgan:

"Lekin fuqaroning shahar hokimi qarori bilan uyning yarmi olib qo‘yilmoqchi degan da’volari mantiqqa zid. Chunki, bu kabi qaror umuman qabul qilinmagan, qabul qilinishi ham mumkin emas. Aksincha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qaroriga asosan fuqarolarga 2018 yil 1 iyuligacha uy-joylarni xususiylashtirish imkoniyati berilgani tushintirilgan. Bunga yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan fuqarolar toifasi ham kiradi".

Toshkent shahar hokimligi “Ozodlik”ka murojaatlar ichiga chuqurroq kirib, bildirilgan e’tirozlar haqqoniyligiga to‘liq ishonch hosil qilgandan so‘ng e’lon qilishni" maslahat bergan.

Ozodlikdan: Toshkent shahar hokimligi yoritganimiz muammoni favqulodda tezlik bilan hal qilganini e’tirof etamiz. Muqaddas Haydarovaning shikoyati Ozodlikning Sizdan Telegram ruknida 2 avgust kuni e’lon qilingan edi. Hokimlikning maslahatiga javoban shuni ma’lum qilamizki, Sizdan Telegram ruknida tinglovchilarimizdan kelayotgan shikoyatlar yoritiladi. Lekin bu har qanday shikoyat yoritilaveradi, degani emas, albatta. Shikoyatni, asossiz emasligiga ishonch hosil qilganimizdan keyingina, yoritamiz. Xususan, Muqaddas Haydarovaning shikoyati asossiz emasligini Toshkent shahar hokimligining o‘zi saytida e’lon qilgan xabari bilan tasdiqladi.

Toshkent shahar hokimligi tavsiya qilayotganday "chuqurroq kirib o‘rganilgan" mavzularni boshqa ruknlarmizda o‘qing.

XS
SM
MD
LG