Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:27

G‘arb shirkatlarining O‘zbekistondagi korrupsiya mojarosidagi roliga oid hisobot e’lon qilindi


Islom Karimov va uning qizi Gulnora.
Islom Karimov va uning qizi Gulnora.

"O‘zbekiston hukumati uyushgan jinoiy to‘da kabi faoliyat yuritgan va bundan marhum prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova foyda ko‘rgan".

Londondagi Qirolicha Mariya universiteti (Queen Mary University of London) qoshidagi "Davlat jinoyatlarini o‘rganish xalqaro tashabbusi" (International State Crime Initiative) xodimlari tayyorlagan 102 betli hisobot annotatsiyasi yuqoridagi fikr bilan boshlanadi.

“Kobra bilan raqs: O‘zbekistonda yirik korrupsiya bilan kurash” deb nomlangan hisobot mualliflariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya hamda Germaniyaga tegishli telekommunikatsiya shirkatlaridan pora olishda ko‘maklashgan. Rasmiylardan iborat reketchilar mazkur shirkatlardan 850 million dollardan ortiq mablag‘ undirgan. 2016 yilda AQSh Adliya departamenti mazkur mulkni musodara qilish ishlarini boshlab yuborgan.

"Davlat jinoyatlarini o‘rganish xalqaro tashabbusi" direktori professor Penni Grin: “Ushbu hisobot korrupsiyaning xalqaro miqyosini hamda G‘arb yurisdiktsiyalarining hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat tomonidan uyushtirilgan reketni qo‘llash va himoyalashdagi yashirin rolini fosh etadi”, dedi.

Hisobotda xalqaro korporatsiyalar va banklar, jumladan, Citibank, Coca-Cola, Standard Chartered, Lombard Odier va boshqalar katta mablag‘ yuvilishiga olib kelgan reketchilikda ishtirok etgani haqida batafsil yozilgan. Mablag‘ yuvishda odatda Britaniyaga tegishli hududlardagi proksi shirkatlardan foydalanilgan. Hisobotda yana mazkur ofshorlar Karimova uchun qanday qilib millionlab dollar qiymatga ega shubhali tranzaksiyalarni amalga oshirgani haqida yozilgan.

Hisobot muallifi professor Kristian Lasslett: “Dalillar Karimova yaxshi uyushtirilgan sindikatning reketchilik faoliyati O‘zbekistonning ijro etish, qonun chiqarish hamda milliy xavfsizlik tarmoqlari orqali amalga oshirilishini nazorat qilib turganini ko‘rsatadi. Bularning har biri sindikatning tishi o‘laroq ish yuritgan. O‘zbekiston hukumati sistematik tarzda poraxo‘r bo‘lib keladi. Ushbu hisobotdagi dalillar ayrim g‘arblik taraflar Karimova qo‘llagan sxemalarda ishtirok etmagan bo‘lsada, ular haqida to‘liq bilganini ko‘rsatadi”, dedi.

Hisobotda yozilishicha, O‘zbekistondagi korrupsiya faqat yuqori lavozimli hukumat rasmiylari bilan cheklangan emas. Aslida korrupsiya sistematik bo‘lib, hukumatning har bir qatlamida ildiz otgan. Izlanish mualliflarining ta’kidlashicha, Karimovaning jinoiy sindikatidagi yordamchi va yugurdaklarning aksari yuqori lavozimli rasmiylar bo‘lgan. Bu shaxslar Karimova mojarosi ommaga ayon bo‘lganidan keyin ham yuqori lavozimlarda ishlashda davom etmoqda.

Ozodlikdan: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Bosh prokuraturaning rasmiy saytida 28 iyul kuni "G.Karimovaga nisbatan jinoyat ishlari yuzasidan xabar" sarlavhasi ostida Birinchi prezidentning qizi bilan bog‘liq jinoyat ishi to‘g‘risida ma’lumot bergan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan Gulnora Karimovaga, Jinoyat kodeksining 6 ta moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

XS
SM
MD
LG