Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:34

Yangi uslubda ishlaydigan mitti antennalar ixtiro qilindi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Olimlar hozirda mavjud bo‘lgan kichik antennalardan yuz barobarga kichik antennalarni ixtiro qildi.

Yangi qurilmalar haqida Nature Communications jurnalining 22 avgust kuni chiqarilgan sonida yozildi.

Mitti antennalar uzunligi bir necha yuz mikrometr bo‘lib, ular televizorlar, mobil qurilmalar hamda radiolar foydalanadigan signallarni tarqata oladi.

Qabul qiluvchi an’anaviy antenna elektromagnit to‘lqinlari energiyasini yuqori chastotali tok energiyasiga aylantiradi.

Ammo to‘lqin qancha uzun bo‘lsa, antenna ham shuncha uzun bo‘lishi kerak. Odatda antenna o‘zi olayotgan elektromagnetik to‘lqin uzunligining kamida o‘ndan biriga teng bo‘lishi kerak.

Yangi antenna turida signalni qabul olishning yangicha metodidan foydalaniladi.

Bunday antennalarga elektromagnit to‘lqinlari kelganda, to‘lqinlar ta’sirida magnit materialdan iborat qatlamlardagi atomlar harakatga keladi. Sport o‘yinlari tomoshabinlari stadion bo‘ylab to‘lqin yaratish uchun o‘tirib-turganidek, yangi antennalarda atomlar o‘rnini o‘zgartirib, magnit oqimini chiqaradi.

G‘oya mualliflariga ko‘ra, mitti antennalarni kishilar kiyimlariga yoki hatto tanalariga o‘rnatish mumkin.

XS
SM
MD
LG