Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:34

AQShda saratonni genoterapiya bilan davolashga ruxsat berildi


Leykemiyadan aziyat chekayotgan afg‘onistonlik bola.
Leykemiyadan aziyat chekayotgan afg‘onistonlik bola.

30 avgust kuni AQShda saratonni davolash uchun genoterapiyadan foydalanishga ilk bor ruxsat berildi. Endilikda shifokorlar leykemiyani davolash uchun bemorning o‘z immun hujayralaridan foydalana oladilar. Saratonga qarshi bunday immunoterapiya CAR-T deb ataladi.

Kymriah deb ataluvchi yangi amaliyotni Novartis xalqaro shirkati amalga oshirdi.

Novartis shirkati yetakchisi Jozef Ximenes: “CAR-T hujayra terapasiyaga dunyoda ilk marotaba ruxsat berilmoqda, bu yangi usul bo‘lib, unda bemorning o‘z T-limfotsitlaridan foydalaniladi”, dedi.

Yangi davolash usuliga AQSh Oziq-ovqat va dori-darmonlar ustidan sanitar nazorat qilish boshqaruvi ruxsat berdi.

Endilikda og‘ir leykemiyaga chalingan va 25 yoshgacha bo‘lgan bemorlar Kymriah yordamida davolanishi mumkin.

Oziq-ovqat va dori-darmonlar ustidan sanitar nazorat qilish boshqaruvi yangi amaliyotga berilgan ruxsatni “tarixiy hodisa” hamda “saraton va kishi umriga tahdid soluvchi boshqa jiddiy kasalliklarni davolashning yangicha uslubi” o‘laroq baholadi.

Kymriah kimyoviy terapiya yoki dori-dori darmon ichishga tayanmaydi. Buning o‘rniga bemorning o‘z immun hujayralari hamda oq qon tanachalariga saraton bilan kurashish o‘rgatiladi.

Izlanishlar yangi amaliyot bemorlarning 83 foizida yaxshi natijaga olib kelganini ko‘rsatdi.

Kymriah faqat bir marta qilinadigan amaliyot bo‘lib, uning narxi 475 ming dollardir.

XS
SM
MD
LG