Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:35

Pornografiya inson jinsiy faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Yangi izlanish natijalariga ko‘ra, haqiqiy jinsiy aloqadan ko‘ra pornografiyani afzal ko‘radigan erkaklar real sherik bilan aloqa qila olmaydigan bo‘lib qolishi mumkin.

Pornografiyaga berilgan erkaklarda erektil disfunksiya ko‘proq uchraydi. Shuningdek, ularda jinsiy aloqadan qoniqish ozayadi.

Izlanuvchilar San-Diego urologiya klinikasiga davolanish uchun kelgan 20-40 yoshdagi 312 kishi orasida so‘rov o‘tkazgan.

So‘rov ishtirokchilarining atigi 3,4 foizi haqiqiy jinsiy aloqadan ko‘ra pornografiyani ma’qul ko‘rishini aytgan.

Ammo yetakchi izlanuvchi doktor Mettyu Kristman izlanish davomida pornografiyaga berilish hamda jinsiy disfunktsiya o‘rtasida statistik bog‘lanish borligi aniqlanganini aytdi.

“Bu yoshdagilar orasida erektil disfunksiyaning organik sabablari oz uchraydi. Shunday ekan, vaqt o‘tishi bilan bu guruh orasida erektil disfunksiya nima sababdan ko‘paygani sabablarini aniqlash kerak”, dedi Kristman.

Doktorning aytishicha, erektil disfunksiya sabablaridan biri pornografiyadir.

Kristmanga ko‘ra, pornografiyaga qaram bo‘lib qolganlar giyohvandlar kabi qoniqish uchun borgan sari ko‘proq talab qiladi. Pornografiyaga berilganlarning oddiy, haqiqiy jinsiy faoliyatdan qoniqishi qiyin bo‘lib qoladi.

Pornografiya yana yosh va tajribasiz erkaklar orasida haqiqatdan yiroq istaklarni yuzaga keltiradi. Natijada haqiqiy jinsiy aloqa filmlardagi fantaziyalarga mos kelmagach, ular tashvishga tushib qoladi.

48 ayol orasida o‘tkazilgan alohida so‘rov natijalari ayollarda pornografiya va jinsiy disfunksiya o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘qligini ko‘rsatdi. So‘rovda qatnashgan ayollarning 40 foizi pornografiya ko‘rishini aytgan.

Erkaklar orasida o‘tkazilgan izlanish natijalari o‘smirlar pornografiyaga berilsa, ularning jinsiy faoliyati buzilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

XS
SM
MD
LG