Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:45

Apple shirkati iPhone 8 bilan birga iPhone X telefonini taqdim etdi


iPhone-X smartfoni.
iPhone-X smartfoni.

12 sentabr kuni Apple shirkati yetakchisi Tim Kuk iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus bilan birga iPhone X smartfonini taqdim etdi.

Telefon nomi “iPhone Ten” o‘laroq o‘qiladi, chunki mazkur model shirkat o‘n yilga to‘lgan kun e’lon qilindi.

iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus kabi iPhone X ham yangi dizaynga ega bo‘lib, uning oldi ham, orqasi ham shishadan yasalgan versiyalari bor.

Shuningdek, yangi smartfonlarga suv va chang kirmaydi.

iPhone X 2046×1125 rezolyutsiyaga ega, Super Retina Display deb ataluvchi OLED ekran bilan jihozlangan.

Yangi smartfonda yana “uy” tugmasi yo‘q bo‘lib, uning ekrani old qismini butunlay egallaydi.

iPhone X ga foydalanuvchi yuzini aniqlaydigan tizim ham kiritilgan. Shirkat uni FaceID, deb atamoqda.

Smarfonning yana bir o‘zgachaligi uning orqa kamerasining qo‘shaloq linzaga egaligidir.

Yangi smartfon yana FaceID texnologiyasi yordamida kishi chehrasida aks etgan belgilarni avtomatik tarzda emodziga aylantira oladi: foydalanuvchi kulsa, smartfon kulib turgan emodzini taklif qiladi.

iPhone X, shuningdek, maxsus moslama ustida simsiz zaryad ola oladi.

Smarfonning 64 gigabaytli modeli 999 dollarga sotilishi kutilmoqda.

Yangi smartfonni sotib olish uchun 27 oktabrdan boshlab onlayn buyurtma berish mumkin bo‘ladi. Do‘konlarda esa smartfon 3 noyabrda sotuvga chiqadi.

XS
SM
MD
LG