Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:03

O‘zbekiston chegarasining ochilgani Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodlar uchun qo‘l keldi


O‘zbekiston va Qirg‘iziston bayroqlari.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston bayroqlari.

O‘zbekiston bilan chegaralarning ochilishi Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi targ‘ibotida qo‘llanilayotgan asosiy mavzulardan biriga aylandi.

Ўзбекистон чегарасининг очилгани Қирғизистон президентлигига номзодлар учун қўл келди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:52 0:00

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 5-6 sentabr kuni Bishkekka qilgan tashrifi ortidan O‘sh va Andijon o‘rtasidagi “Do‘stlik” chegara o‘tkazish punktining ochilishi Sotsial demkoratlar partiyasidan prezidentlikka ko‘rsatilgan sobiq bosh vazir So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning saylovoldi targ‘ibotida qo‘l keldi.

Internet tarmog‘ida va WhatsApp orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarda chegaraning ochilishida avgust oyining oxirlarida prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganidan so‘ng iste’fo bergan sobiq bosh vazir So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning hissasi katta ekani urg‘ulanmoqda.

“Boshqa nomzodlardan 10 ming so‘mdan olganingizda ham chegaraning ochilishiga hech narsa yetmaydi. Shuning uchun pulga sotilmay, ovozingizni So‘o‘ro‘nbay Sharipovichni saylab berishingizni iltimos qilamiz”, -deyiladi WhatsApp orqali tarqatilayotgan ovozli targ‘ibotlarda.

Bozorqo‘rg‘onlik Sardor Murodov bunday targ‘ibotlardan oddiy odamlar orasida tushunmovchiliklar paydo bo‘layotganini aytadi:

-Saylov bo‘yicha va WhatsApp’ga ko‘pdan beri bunday targ‘ibotlar kelayapti. Jeenbekovdan ko‘p kelayapti. Chegaralarni prezidentlar ochdimi yoki Jeenbekovmi? Rostini aytsam xalqimiz shu narsaga tushunmay qoldi, -dedi Sardor Murodov.

“Respublika –Ata Jurt” partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan sobiq bosh vazir O‘murbek Babanovning tarafdorlari ham ijtimoiy tarmoqlarda prezident Shavkat Mirziyoevning qirg‘iz parlamentida bo‘lgan uchrashuviga oid videolarni tarqatmoqdalar. Bu videolarda Shavkat Mirziyoev Babanovga qarata: “Men siz haqingizda juda ko‘p eshitganman”, degani aks etgan.

Markaziy saylov komissiyasining targ‘ibot ishlarini nazorat qilish ishchi guruhi rahbari Nazarali Aripov ijtimoiy tarmoqlardagi bu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlari qonunga zid kelmasligini aytadi:

-Ijtimoiy tarmoqlarni biz nazorat qila olmaymiz. Biz faqat rasman akkreditatsiyadan o‘tgan telekanallar, gazetalar, jurnallar va internet saytlardagina targ‘ibot ishlari qanday olib borilayotganini kuzatib boramiz. Ijtimoiy tarmoqlarda faqat nomzodga nisbatan tuxmat yoki millatlararo nizoga chaqiruvchi targ‘ibot o‘tkazilayotgan bo‘lsa, shunda tegishli davlat organlariga murojaat qilishimizga to‘g‘ri keladi, -dedi Nazarali Aripov.

Siyosatshunoslar esa ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi targ‘ibotlarning e’lon qilinishini Qirg‘iziston aholisining 14 foizini tashkil etuvchi o‘zbeklar ovoziga ega bo‘lish ishtiyoqi bilan bog‘lamoqdalar.

-Bu, albatta, piarchilarning ishi, ular ma’lumotlarni shu tarzda o‘z foydasiga ishlatmoqda. Hokimiyat o‘zi istagan nomzod foydasiga bu ma’lumotlardan targ‘ibot uchun foydalanishi mumkin, -dedi siyosatshunos Seytek Qachqinbaev.

Qirg‘izistonda prezidentlik uchun 13 nomzod kurashmoqda. Saylovoldi targ‘ibot ishlari 10 sentabrdan boshlangan va 34 kun davom etadi. 15 oktabrda prezidentlikka nomzodlar uchun saylovchilar ovoz beradi.

XS
SM
MD
LG