Ayrim ayollarni homiladorlik paytida spirtli ichimlik ichishi mumkinmi-yo‘qligi qiziqtiradi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga ko‘ra, amerikalik homilador ayollarning 90 foizi spirtli ichimlikdan o‘zini tiyadi.
Ammo ayrim mamlakatlarda vaziyat boshqacha. 2015 yil o‘tkazilgan tadqiqot mualliflari Avstraliya, Yangi Zelandiya, Irlandiya, Buyuk Britaniyada 20 foizdan 80 foizgacha homilador ayollar spirtli ichimlik iste’mol qilishini aniqlagan edi. Tadqiqotda ishtirok etganlarning ayrimlari faqat bir qadah shampan ichganini aytgan. Qolganlari bundan ko‘prok ichishini aytgan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: homilador ayollarning spirtli ichimlik ichishi qanchalik darajada xavfli? Joriy haftada BMJ Open jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalaridan ushbu savolga javob topish mumkin.
Tadqiqot mualliflari bundan avval o‘tkazilgan barcha izlanishlarni ko‘rib chiqqan.
Bristol universiteti epidemiologi Luiza Sukkolo: “Biz haftasiga bir yoki ikki marta ichish bilan umuman ichmaslik o‘trasidagi farqni qiyosladik”, dedi.
Sukkolo va uning hamkasblari haftasiga 32 grammgacha (bu bir-ikki qadahga mos keladi) alkogolli ichimlik iste’mol qilish erta tug‘ish xavfini 10 foizga oshirishini aniqlashgan. Ammo bu o‘sishning sababi alkogolь yoki boshqa unsur ekanligini noaniq.
Sukkolo mavzu o‘ta muhim bo‘lishiga qaramasdan, u yaxshi o‘rganilmaganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, izlanishlar oz bo‘lgani uchun homiladorlik davomida bir qadah spirtli ichimlik ichish xavfli yoki yo‘qligi haqidagi savolga aniq javib berib bo‘lmaydi.
Ammo mutaxassislar dalil oz bo‘lsa-da, homilador ayollarga spirtli ichimlik ichmaslikni tavsiya qiladi.
Spirtli ichimlik iste’mol qiladigan homilador ayollarning, ayniqsa, ko‘p ichadigan ayollarning farzandlari tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilishi mumkin. Qolaversa, bunday onalarning ruhiy sog‘lig‘i buzilishi mumkin.
Shu sababli deyarli barcha davlatlarda, jumladan, Fransiya kabi vino ichish keng tarqalgan mamlakatlarda ham homilador ayollarga spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi.