Yurak xuruji har doim ham ko‘krak og‘rishi bilan boshlanmaydi. Ayrimlarda hatto yurak xurujidan oldin ko‘krak umuman og‘rimasligi mumkin. Yurak xuruji har kimda har xil o‘tishi mumkin.
Quyida xuruji haqida ogohlantiruvchi simptomlar bilan tanishishingiz mumkin.
1. Ko‘krak og‘rishi. Aksar xurujlar oldidan chap ko‘krak og‘riydi. Og‘riq odatda bir necha daqiqa davom etadi yoki qaytalanib turadi. Og‘riq kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin.
2. Tananing yuqori qismida noqulaylik. Qo‘llar, yelka, bo‘yin, jag‘ yoki kindikdan yuqorida og‘riq yoki bezovtalik his qilishingiz mumkin.
3. Nafas qisishi. Bu simptom bir o‘zi yoki ko‘krak og‘rig‘i bilan birga kuzatilishi mumkin. Nafas qisishi dam olayotgan yoki engil jismoniy mehnat qilayotganda sodir bo‘lishi mumkin.
4. Sovuq ter chiqishi.
5. Biror sababsiz lohas bo‘lish. Bu holat bir necha kun davom etishi mumkin.
6. Ko‘ngil aynishi va qusish.
7. Bosh aylanishi.
8. Birdaniga paydi bo‘ladigan har qanday yangi simptom yoki mavjud simptomlarning o‘zgarishi. Masalan, simptomlar kuchayishi yoki odatdagidan ko‘priq davom etishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, hammada ham yurak xuruji simptomlari bir xil bo‘lmaydi. Agar sizda avval yurak xuruji bo‘lgan bo‘lsa, har bir xurujning simptomlari o‘zgacha bo‘lishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan simptomlarning qancha ko‘pi sizda kuzatilsa, sizda yurak xuruji boshlanganining ehtimoli shuncha baland bo‘ladi.
Agar sizda yurak xuruji boshlanganini taxmin qilsangiz, darhol tez yordam chaqiring.