Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:39

Tramp Bosh Assambleyadagi chiqishida BMTni isloh qilishga chaqirmoqchi


AQSh prezidenti Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp 18 sentabr kuni Nyu-Yorkda xorij hukumatlari yetakchilarini BMTni isloh qilishga chaqiradi. Dushanba kungi chiqishida BMTni tez-tez tanqid qilib turuvchi Trampning tashkilot ishini qanday qilib yaxshilash mumkinligi haqida gapirishi kutilmoqda.

BMT Bosh Assambleyasining bu yilgi sammiti 18 sentabr kuni o‘z ishini boshlaydi. 19-25 sentabr kunlari esa har yili o‘tkaziladigan umumiy debatlar bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi sammitda BMT bosh kotibi Antonio Guterresh hamda 120 davlat yetakchisi ishtirok etadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel bu yilgi anjumanda qatnasha olmasliklarni bildirgan.

Mazkur Assambleyada Tramp, Fransiya rahbari Emmanuel Makron, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev birinchi marta chiqish qiladi.

BMTga eng katta mablag‘ ajratuvchi AQShning yangi ma’muriyati tashkilotni moliyalashtirish ko‘lamini ozaytirishini aytib keladi. Guterresh esa AQSh bunday qiladigan bo‘lsa, BMT “hal qilib bo‘lmaydigan muammolar” ichida qolishini aytdi.

Iyun oyida Tramp ma’muriyati bosimi bilan Bosh Assambleya tashkilotning tinchlik o‘rnatish uchun sarflaydigan byudjetini 600 million dollarga ozaytirish uchun ovoz berdi. Tashkilotning mazkur yo‘nalishdagi yillik byudjeti taxminan 8 milliard dollardir.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders 15 sentabr kuni Tramp bosh kotib Guterreshning BMTni islohot qilishga qaratilgan harakatlarini qo‘llashini bildirgan edi.

“Tabiiyki, Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar bor. Ammo buning uchun u samaraliroq boshqarilishi kerak”, dedi jumladan Sanders.

18 sentabr kuni Tramp Fransiya prezident Makron hamda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan uchrashadi. Bundan tashqari, prezidentning Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilari bilan kechki ovqat ustida uchrashashi rejalangan.

Oq uy matbuot kotibi Fransiya va Isroilni “AQShning eng yaqin hamkorlari” o‘laroq ta’rifladi.

“Tramp Makron va Netanyahu bilan bir becha mavzuni muhokama qiladi. Asosiy e’tibor Eronning beqarorlashtiruvchi harakatlari, jumladan, Yaqin Sharq davlatlari suverenitetini buzayotganiga qaratilishi kutilmoqda”, dedi jumladan Sara Sanders.

Makron Eron yadroviy dasturi bo‘yicha 2015 yilda erishilgan kelishuvni saqlab qolish tarafdori¸ Netanyahu esa kelishuv bekor qilinishini istaydi.

14 sentabr kuni Tramp o‘z saylov kampaniyasida ta’kidlaganidek, Eron kelishuv “ruhini” buzayotganini takrorladi.

Bosh Assambleya sammiti boshlanishidan avval AQSh davlat kotibi Reks Tillerson rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Ikki diplomat Ukraina hamda Suriya masalalarini muhokama qilgan.

Uchrashuv ortidan Rossiya Tashqi ishlar vaziriligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Tillerson bilan Lavrov Suriya bo‘hronini, sharqiy Ukrainadagi mojarani hamda Yaqin Sharq bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilganini aytdi.

Tillerson uchrashuv ortidan jurnalistlar bilan suhbatlashmadi.

XS
SM
MD
LG