Inson yuragini tana tashqarisida “uxlatilgan” holda saqlash metodini aniqlandi. Yangi metod yordamida yurakni maxsus idishda bir kun yoki undan ham ko‘p vaqt tirik saqlash mumkin.
Bu uslub ilk marotaba avgust oyida sinab ko‘rilgan. Ammo ilk tajriba davomida yurak uch soatgina saqlab turilgan, xolos. Olimlar asta-sekin bu muddatni 24 soatgacha chiqarishni rejalashtirmoqda.
Yangi texnologiyani Shvetsiyadagi Lund universiteti xodimi Stig Stin ishlab chiqqan. Uning ishonishicha, endilikni yurakni bir necha kungacha tirik saqlash mumkin.
Yurakni tana tashqarisida uzoqroq saqlash transplantatsiyaga muhtoj odamlar uchun donor yurak sonini oshiradi.
Hozirda deyarli barcha organ transplantatsiyasi uchun uzundan-uzoq navbat kutish kerak. Jahon bo‘ylab har yili minglab odam donor topa olmay nobud bo‘ladi.