Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:36

Xitoyda atrof-muhitni zaharlayotgan zavod-fabrikalarning 40 foizi ishi vaqtincha to‘xtatildi


Atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashayotgan Xitoy rasmiylari mamlakatdagi minglab zavod va fabrikani vaqtincha yopdi.

Mutaxassislar hisoblariga ko‘ra, Xitoydagi zavodlarning 40 foizi ishi to‘xtatilgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, so‘nggi bir yil ichida atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlarini buzganlikda ayblanayotgan 80 mingdan ziyod zavod yetakchisiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Xitoy 2013 yildan boshlab atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi jiddiy kurasha boshlagan. O‘sha yili rasmiylar mamlakat havosini tozalash bo‘yicha 10 banddan iborat chora-tadbirlar ro‘yxatini e’lon qilganlar.

Bu maqsadga erishish uchun rasmiylar so‘nggi ikki yil davomida mamlakatdagi zavod va fabrikalarni yaqindan nazorat qilib kelmoqda.

Rasmiylar ko‘rayotgan keskin choralar Xitoyning muntazam ravishda o‘sib borayotgan iqtisodiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ammo mutaxassislar vaqt o‘tishi bilan shirkatlar hukumatning yangi talablariga moslashiga ishonch bildirishdi.

Xitoy rasmiylari atrof-muhitni zaharlovchilarga qarshi kurashish orqali nafaqat mamlakat havosini, balki suvini va butun ekologiyasini yaxshilashga umid bog‘laganlar.

XS
SM
MD
LG