Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:31

So‘x anklaviga yo‘lak ochib berish kun tartibida yo‘q


O‘zbekistonning Qirg‘iziston ichkarisidagi So‘x va va Shohimardon eksklavlari xaritasi.
O‘zbekistonning Qirg‘iziston ichkarisidagi So‘x va va Shohimardon eksklavlari xaritasi.

Bu haqda Qirg‘iziston parlamentining Xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdivaxap Nurbaev ma’lum qildi. Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘izistondagi anklavlarda O‘zbekistondan, qariyb, uzilgan holda yashayotgan aholiga yo‘l ochish zarurligini tilga olgan edi.

Сўх анклавига йўлак очиб бериш кун тартибида йўқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:07 0:00

Murakkab bahsli hududlar masalasi kelajakda hal etiladi

Qirg‘iziston parlamentining Xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abduvaxap Nurbaev 13 noyabr kuni Ozod Yevropa –Ozodlik radiosiga bergan intervyusida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Qirg‘izistondagi O‘zbekiston anklavlariga yo‘l ochish to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirar ekan, mana bularni aytdi:

- O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralar to‘g‘risidagi shartnomani parlamentda muhokama qilish jarayonida, deputatlar hukumat vakillariga O‘zbekistonning anklavlariga koridor berish masalasi yuzasidan ham savollar berishdi. Hukumat bizga “anklavlarga yo‘lak berish masalasi kun tartibida yo‘q”, deb javob berdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 85 foiz chegaralar aniqlangani to‘g‘risidagi davlatlararo shartnomada Kampirobod suv ombori va Ungartog‘ kabi murakkab bahsli hududlar tilga olinmagan. Bu kabi bahsli va murakkab hududlar masalasini ko‘rib chiqish keyingi yillarga qoldirilgan, -dedi Abduvaxap Nurbaev.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralarning 85 foizi aniqlangani to‘g‘risidagi oraliq bitim 5 sentabrda prezident Shavkat Mirziyoev Bishkekka davlat tashrifi bilan kelgan paytda imzolangan edi. Shartnomaga asosan ikki davlat o‘rtasidagi 1378 kilometr chegaraning 1170 kilometri aniqlab bo‘lingan hisoblanadi.

So‘xga yo‘lak berilsa, Botken anklavga aylanib qoladi

Qirg‘iziston ichkarisida O‘zbekistonning 70 mingga yaqin aholi yashaydigan So‘x va 10 mingdan ortiq aholi yashaydigan Shohimardon kabi katta, shuningdek, Cho‘ngara va Toshtepa kabi kichik anklavlari mavjud. O‘zbekiston hukumati mazkur hududlarga yo‘lak ochib berish masalasini bir necha yillardan beri ko‘tarib kelayotganini qirg‘iz hukumati avvalari ma’lum qilgan edi.

Qirg‘iziston hukumati O‘zbekistonning bu iltimosiga rad javobini berib kelgan. Negaki, o‘zbek anklavlariga yo‘lak beriladigan bo‘lsa, Qirg‘izistoning Botken viloyati anklavga aylanib qolishi mumkin.

Abdulaziz Komilov nima degan edi?

Qirg‘izistondagi O‘zbekiston anklavlariga yo‘l ochib berish masalasi Samarqandda 10-11 noyabr kunlari Markaziy Osiyoda hamkorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman so‘nggida jurnalistlar savollariga javob bergan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tomonidan yana bir bor ko‘tarilgan edi.

“...Qirg‘izistonning ichkarisida kichik-kichik anklavlar bor va u yerda o‘zbek aholisi yashaydi. Xo‘sh, nima qilish kerak? To‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l yo‘q, yo yo‘l ochishimiz kerak, yo o‘zaro kelushuvga borish kerak. Ularning manfaatlarini O‘zbekiston himoya qilishi lozim... Bu hujjatlarni kichik guruh imzolayotgani yo‘q. Birinchidan, hukumat ishtiroki bor. Ikkinchidan, bu hujjat parlamentdan ratifikatsiyadan o‘tadi. Uchinchidan, hujjat BMTga topshiriladi. BMT esa shubha uyg‘onmasligiga kafolat beradi. Hayot murakkab, buyog‘ini ko‘ramiz...”, degan Qalampir.uz sayti savoliga javob bergan Abdulaziz Komilov.

Qirg‘iziston hukumati Abdulaziz Komilovning bu bayonotiga hozircha rasman munosabat bildirgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG