Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:35

Atambaev prezident sifatidagi eng so‘nggi matbuot anjumanini o‘tkazdi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev.
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev.

Almazbek Atambaev 20 noyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti sifatida eng so‘nggi matbuot anjumanini o‘tkazdi. O‘zining 6 yillik prezidentlik faoliyatiga yakuniy baho bergan Atambaev keyingi parlament saylovlarida o‘z nomzodini deputatlikka ko‘rsatishini, ammo parlament raisi ham, bosh vazir ham bo‘lish istagida emasligini aytdi.

Атамбаев президент сифатидаги энг сўнгги матбуот анжуманини ўтказди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:57 0:00

Atambaev Qozog‘iston bilan munosabatlar yaxshilanishiga umid bildirdi

Atambaev matbuot anjumanida o‘z prezidentlik muddatining so‘nggi kunlarida yuz bergan voqelarga e’tibor qaratdi.

-Qozog‘iston bilan munosabatlarimiz yaxshilanadi. Bu Ostona uchun ham, eng birinchi navbatda Rossiya uchun ham kerak. Men to‘g‘ri qildim, hisoblayman. Boshqalarga ichki ishlarimizga aralashib bo‘lmasligi to‘g‘risida saboq berdik, -dedi Atambaev.

Qirg‘iziston - Qozog‘iston aloqalarining buzilishga prezidentlik saylovi arafasida prezidentlikka nomzod O‘murbek Babanovning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev bilan uchrashgani sabab bo‘ldi. Atambaev buni “Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashish va saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatish”, deb baholagan hamda Nazarboevni keskin tanqid qilar ekan:

"Nazarboevning bizga yosh prezident kelishi kerakligi haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatlayman. Biroq, bizdagi eng yoshi katta nomzod ham Nazarboevdan 20 yoshga kichikdir. Men esam, 16 yoshga kichikman. Bas, shunday ekan,kim yosh prezidentga muhtoj? Bizmi yo Qozog‘istonmi?” deb aytgan edi.

Mazkur voqeadan so‘ng Qozog‘iston 10 oktabrdan boshlab Qirg‘iziston bilan chegarani bir tomonlama yopib qo‘ygan.

Yakuniy matbuot anjumanida bu masalaga to‘xtalgan Atambaev vaziyatni “Qozog‘iston Qirg‘izistonni qamal qilmoqda”, deb baholadi va muammoni hal etish uchun Putinga murojaat qilganini bildirdi.

"Babanov tiz cho‘kmaganida saylovda g‘olib bo‘lar edi"

Atambaev matbuot anjumanida O‘murbek Babanovni ham esladi. Unga ko‘ra, Babanov “qo‘shni mamlakatga borib tiz cho‘kmaganida, saylovda g‘olib bo‘lar edi”.

-Babanovning O‘nadirdagi gaplarini eshitdinglar, uni men bu gaplarni gapirishga majbur qilmaganman. Qirg‘izlarga borganda oq qalpoq kiyib Manas to‘g‘risida gapiradi. Boshqa joyga borganda boshqacha gapiradi. Babanovning taqdirini endi sud hal qilsin. Men Babanovni kelajagi bor yigit, deb hisoblardim. Biroq u o‘z xalqiga qarshi chiqmasligi lozim edi. Qo‘shni prezidentning olidga borib tiz cho‘kmasa, qozoq oligarxlariga bormasa, saylovda g‘olib bo‘lar edi. Uni xudo urdi, -dedi Atambaev.

O‘murbek Babanov O‘shning asosan o‘zbeklar yashaydigan O‘nadir mavzesida 28 sentyabrda so‘zlagan nutqi uchun jinoiy ta’qib ostiga olingan. Bosh prokuraturaning bildirishicha, Babanov qirg‘izistonlik o‘zbeklarning huquqini tilga olish orqali millatlararo nizo uchun omil yaratgan.

-Tergovgacha bo‘lgan tekshiruvda aniqlandiki, prezidentlikka nomzod O‘murbek Babanov saylov arafasida olib borilgan targ‘ibot jarayonida 28 sentabr kuni O‘sh shahrining Amir Temur mavzesi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvda asosan o‘zbek millatiga mansub odamlar ishtirok etgan. O‘murbek Babanov ularning ovozini olish maqsadida mamlakatda milliy tengsizlikka yo‘l qo‘yilayotgani, o‘zbek millatidagilarning huquqlari paymol etilayotgani, o‘zbek millatiga nisbatan hukumat tuzilmalari tomonidan bosim ko‘rsatilayotgani to‘g‘rsidagi fikrlarini aytgan, - deb bildirgan edi Bosh prokuratura rasmiy vakili Almanbet Abdramanov O‘murbek Babanovga nisbatan jinoyat ishi ochilishi sabablarini sharhlar ekan.

Ayni paytda Babanovning Qirg‘izistonda emasligi aytilmoqda.

Atambaev yangi prezident "ajdarga aylanmasligiga" ishonadi

Atambaev matbuot anjumanida “Hokimiyatga kelganlar ajdarga aylanib qolmaslik uchun nima qilishi kerak?” degan savolga javob berar ekan, o‘zidan keyin prezident bo‘ladigan So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovga ishonishini aytdi:

- Men So‘o‘ro‘nbay do‘stimga bunday yo‘lga tushgan odam xalqdan ajralib qolishini aytdim. U 20 yildan ortiqroq vaqtdan beri shu kungacha meni hali biror marta sotgani yo‘q. Ayrimlar uni “yaqinlari o‘zgartirib yuboradi”, deb aytishayapti. Agar u noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolsa, unda o‘zining sho‘ri bo‘ladi, -dedi Atambaev.

Prezident keyingi parlament saylovlarida o‘z nomzodini deputatlikka ko‘rsatishini, ammo parlament raisi ham, bosh vazir ham bo‘lish istagida emasligini aytdi.

Atambaev 2011 yilning 1 dekabrida Ro‘za O‘tunbaevdan prezidentlik hokimiyatini qabul qilib olgan edi. Qirg‘izistonda 15 oktabrda o‘tgan prezidentlik saylovida 11 nomzod orasidan So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov g‘olib bo‘ldi. Yangi prezidentning innaguratsiya marosimi 24 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG