Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:47

Moskvada "Farg‘ona Uyi" ochiladi (FOTO)


(Angela Graumann fotosuratlari)
(Angela Graumann fotosuratlari)

25 noyabr, shanba kuni Moskvada “Farg‘ona.ru” axborot agentligining yangi ofisi va ko‘rgazma zali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Kurskaya metro bekatidan uzoq bo‘lmagan joyda ochilishi kutilayotgan yangi bino, agentlik rahbari Daniil Kislovga so‘zlariga ko‘ra, “Farg‘ona Uyi” deb nomlanadi.

Moskvada joylashgan “Farg‘ona.ru” axborot agentligi yangi ofisga ko‘chayotganini e’lon qildi.

Agentlik rahbari Daniil Kislov Ozodlikka u yetakchilik qilayotgan tahririyatning “Farg‘ona Uyi” deb nomlangan yangi ish joyi ko‘rgazma zali, kutubxona, Sharq mahsulotlari do‘koni va shourumi, studiya, videolektoriy va tahririyat ofisidan iborat bo‘lishini aytdi.

Farg‘ona Uyi (Angela Graumann fotosuratlari)
Farg‘ona Uyi (Angela Graumann fotosuratlari)

- Biz bu yerda doimiy ravishda turli ko‘rgazmalar va yig‘ilishlarni uyushtirib turishni rejalashtirayapmiz. Xususan, 25 noyabr kuni bizning ko‘rgazma zalimizda taniqli nemis fotosuratchisi Angela Graumannning Moskvada yashayotgan mehnat muhojirlariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmasi ish boshlaydi. Angela oxirgi bir oy davomida ko‘plab hamyurtlarimiz bilan uchrashdi, ularni suratga oldi. Shuningdek, bizning videolektoriy zalimizda bundan keyin turli ilmiy-tarixiy va ommabop mavzularga oid ma’ruzalar qilinadi, taqdimotlar va uchrashuvlar o‘tkazilib turadi, dedi Daniil Kislov.

Ochilish marosimida “Farg‘ona Uyiga” kelgan mehmonlarga an’anaviy farg‘onacha palov tortiladi.

"Farg‘ona.ru" axborot agentligi 1998 yilda Runetda “Ferganskoe Soobshchestvo (Farg‘ona Jamoatchiligi)” nomi ostidagi sayt ko‘rinishida tashkil topgan.

2001 yilning 10 avgustidan elektron nashr “Farg‘ona.ru” Axborot agentligi” nomi ostida Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan qaydga olindi. Agentlik materiallari O‘zbekiston va Turkmanistonda blok qilingan, Tojikiston va Qirg‘izistonda vaqti-vaqti bilan bloklanib turiladi.

Germaniyalik fotosuratchi Angela Graumannning fotoko‘rgazmasidan lavha
Germaniyalik fotosuratchi Angela Graumannning fotoko‘rgazmasidan lavha

Bugunga kelib “Farg‘ona.ru” Markaziy Osiyo davlatlari hayotiga oid maqola va videomateriallarni rus, o‘zbek va ingliz tillarida tarqatuvchi eng yirik va ommabop axborot resurslaridan biridir.

Uning bosh muharriri - Farg‘onada tug‘ilib o‘sgan shoir va jurnalist Daniil Kislov.

XS
SM
MD
LG