Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:55

Parij bitimiga amal qilingan taqdirda ham, quruqlikning chorak qismi qurg‘oqchil bo‘ladi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Nature Climate Change jurnalida chop etilgan yangi izlanish natijalariga ko‘ra, global harorat Parij bitimi doirasida kelishilgan 2 darajadan oshmagan taqdirda ham, Yer yuzasidagi quruqlikning chorak qismi qurg‘oqchil bo‘ladi.

Ammo o‘rtacha isish 1,5 gradusdan oshmasa, quruqlikning o‘ndan bir qismigina qurg‘oqchil bo‘ladi.

Izlanish mualliflari hisoblariga ko‘ra, 1,5 daraja maqsad qilib olinsa, dunyo aholisining beshdan bir qismi yashaydigan janubiy Yevropa, janubiy Afrika, markaziy Amerika, Avstraliya sohili hamda janubi-sharqiy Osiyoda qurg‘oqchilik oldini olish mumkin bo‘ladi.

Qurg‘oqchilik jiddiy xavf bo‘lib, tuproq degradatsiyasi, cho‘llar hosil bo‘lishi hamda o‘simlik va daraxtlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Qolaversa, qurg‘oqchil iqlim yomg‘irsizlik va yong‘inlarga turtki bo‘ladi, ichimlik suvi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Izlanishda yozilishicha, global harorat 2025-2070 yillar o‘rtasida 2 darajaga ko‘tarilishi mumkin. Harorat 2 gradusga ko‘tarilganidan keyin, quruqlik sathining 24-32 foizi qurg‘oqchil bo‘ladi.

Dunyoning 174 davlati tarafidan 2016 yilda imzolangan iqlim bo‘yicha Parij bitimi unga qo‘shilgan barcha davlatlar zimmasiga atmosferaga zaharli gazlarni kamroq chiqarish mas’uliyatini yuklaydi. O‘tgan yilda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z mamlakatini bitimdan chiqarishga qaror qildi.

XS
SM
MD
LG