Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:58

AQSh rasmiysi: O‘zbekistonning mintaqadagi ahamiyati o‘zgarayotganidan mamnunmiz


AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha elchi Elis Uells.
AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha elchi Elis Uells.

AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha elchi Elis Uells qozoq va qirg‘iz jurnalistlar uchun o‘tkazgan matbuot anjumanida O‘zbekistonning mintaqadagi ahamiyati o‘zgarayotganidan Oq Uy ma’muriyati mamnun ekanini bildirdi.

АҚШ расмийси: Ўзбекистоннинг минтақадаги аҳамияти ўзгараётганидан мамнунмиз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:03 0:00

Elis Uells so‘nggi bir yilda O‘zbekistonda hokimiyat alashinuvi ortidan olib borilayotgan islohotlarga baho berar ekan:

-Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo strategik hamkorlik shartnomalari doirasida biz har doim kuchli Markaziy Osiyoni qo‘llab kelganmiz. Markaziy Osiyodagi iqtisodiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlaganmiz va biz O‘zbekiston mintaqada iqtisodiy jihatdan avvalgiga qaraganda muhimroq ahamiyat kasb etishidan mamnunmiz,-deb aytdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan sovuqlashgan munosabatlarni iliqlashtirayotgani oqibatida Markaziy Osiyoda “tabiiy ravishda yakdillashish” jarayoni boshlangan.

- O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etishga qiziqish bildira boshlagani bizni juda mamnun qilmoqda. Markaziy Osiyo tabiiy ravishda yakdillashib, mintaqa uchun barobar bo‘lgan muammolarni yechish yo‘nalishidagi hamkorlikka bormoqda, - dedi AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari.

2015 yilning 31 oktabridan 2 noyabrigacha prezident Barak Obama davrida AQSh Davlat kotibi bo‘lgan Jon Kerri Markaziy Osiyo davlatlariga safar qilgan edi.

Mazkur safar doirasida mintaqa mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Jon Kerri bilan 1 noyabr kuni Samarqandda uchrashib, siyosiy dialog maydoni bo‘ladigan S5+1 formatini tashkil qilishga kelishib olgandi.

Elis Uells Samarqandda tashqil etilgan bu formatni amaldagi prezident Donalьd Tramp ham saqlab qolishga qaror qilganini aytdi:

- S5+1 formatidagi hamkorlikni konstruktiv deb hisoblaymiz. Bu format avvalgi ma’muriyat tashabbusi ekaniga qaramay, amaldagi ma’muriyat, jumladan, janob Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Hozirgi davlat kotibi Reks Tillerson bu format doirasida Vashingtonda uchrashuv o‘tkazdi. Keyingi uchrashuvlarda biri Markaziy Osiyoda o‘tkazilishi rejalanmoqda. Kongress ham S5+1 formatini ma’qulladi va uni davom ettirish uchun 15 million dollar mablag‘ ajratdi, - deb bildirdi Elis Uells.

12 yanvar kuni Vashingtonda o‘tkazilgan mazkur matbuot anjumanida qirg‘izistonlik va qozog‘istonlik jurnalistlar telefon orqali Elis Uellsga savol berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Elis Uells matbuot anjumanida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboevning Vashingtonga 16 yanvarda qiladigan tashrifi haqida ham axborot berdi.

AQSh rasmiysiga ko‘ra, Nazarboev 16 yanvarda Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralarda ikki davlat liderlari mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy aloqalar yo‘nalishidagi strategik hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

XS
SM
MD
LG