Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:41

O‘zbekistonning ayrim joylarida harorat -28 gacha pasayadi. Anomal sovuqqa tayyormisiz? 


O‘zbekistonda ham Rossiya shimolidagi kabi sovuq havo kuzatilishi kutilmoqda. Suratda Rossiya sovug‘ida ishlayotgan o‘zbek yigiti.
O‘zbekistonda ham Rossiya shimolidagi kabi sovuq havo kuzatilishi kutilmoqda. Suratda Rossiya sovug‘ida ishlayotgan o‘zbek yigiti.

Qozog‘iston va Qirg‘izistonda kuzatilayotgan anomal sovuq O‘zbekistonga ham kirib kelmoqda. "O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra, 27 yanvardan boshlab bir necha kun o‘ta sovuq bo‘ladi, ayrim hududlarda harorat -28 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

"O‘zgidromet" sovuq havo harorati me’yordan 7-12 darajagacha pasayib, ob-havoning anomal sovuq bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Ayni damda, Qozog‘istonda anomal sovuq sabab viloyatlar va poytaxt o‘rtasidagi qatnov uzilib qolgan, yo‘llar va maktablar vaqtincha yopilgan. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 223 odamni sovuq urgan, ularning 73 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda ham sovuq tufayli 26 yanvardan 31 yanvargacha maktablar faoliyati to‘xtatildi.

26 yanvar kuni Qirg‘iziston anomal sovuq sabab O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Milliy energiya xoldingi vakili Omon Qalibekovga ko‘ra, Qirg‘izistonda elektr energiyasi taqchilligi yo‘q, lekin bu qaror shuning oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Xo‘sh, o‘zbekistonliklar anomal sovuqqa tayyormi?, Bugungi kunda odamlar qanday qishlayapti? Ushbu savollarga javob topish maqsadida mamlakatning turli hududlarida yashovchi aholi vakillari bilan suhbatlashdik:

Buxoro. G‘ijduvonlik 45 yashar Abduraim:

- SMS keldi sovuq bo‘ladi deb. Mayli hozir bo‘lsin sovuq, bahorda emas. Men o‘n chandon tayyorman sovuqqa. Hamma narsa yetarli. Xudoga shukur gaz bor. Elektr energiyasi yaxshi, hech o‘chmayapti. Undan tashqari o‘tin ham saqlab qo‘yganmiz. Hamma narsaga biz tayyormiz.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:23 0:00
Бевосита линк


Qashqadaryo: Yakkabog‘lik 30 yashar Elmurod Odilov:

- 4-5 yildan beri gazni umuman ko‘rganimiz yo‘q. Lekin svet bu yil umuman o‘chmadi. Ko‘mirning o‘zi yo‘q, lekin ko‘mirning kuli bor. Mahalladan arzon narxda berilgan. Uyni qizdirish uchun ozroq g‘o‘zapoya olib qo‘yganmiz. G‘o‘zapoya bir bog‘i 2,5 ming so‘m. Bir bog‘ bilan bitta xonani qizdirish mumkin. Hozir obi-havoni ko‘rdim, kun sovib kelayapti ekan. Qoraqalpog‘istonda -17 daraja ekan. O‘zimizga shu sovuq kelar ekan. Qozog‘istondagi sovuq ob-havo oqimi 27 yanvar kunidan boshlab O‘zbekistonning butun hududlarini qamrab oladi deyapti. Lekin biz bunday sovuqqa tayyor emasmiz. Endi boshga tushganni ko‘z ko‘radi deydi. Vaqt ko‘rsatadi nima bo‘lishini.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:25 0:00
Бевосита линк

Qoraqalpog‘iston: To‘rtko‘llik 30 yashar Ahmad Niyozimbetov:

- Sovuq bizda, ko‘chaga chiqa olmay o‘tiribmiz. Gaz yo‘q. Mollarning tezagini quyib, tappi qilib qo‘yganmiz, qishga g‘amlab. Shu tappilarni yoqib o‘tiribmiz. Keyin u yoq- bu yoqdan chopib, olib kelgan o‘tinlarimiz bor. Shular bilan bir amallab uylarni qizdirib o‘tiribmiz. Oilada 13 jonmiz. Shuning uchun 3 xonani qizdiramiz. Endi g‘amlagan o‘tin bilan tappimiz 15 kun ichida tugaydi. Keyin yana o‘tin g‘amlash kerak.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:01 0:00
Бевосита линк

Farg‘ona. Yozyovonlik 53 yashar Rahmatjon Mirjalilov:

- Bugun e’lon qildi: Ehtiyot bo‘linglar, yanvar oxiri qattiq sovuq bo‘ladi dedi. Aytganiday, bugundan boshlandi. Shamol bilan bo‘layapti. Endi tayyor odamlar ham bor, lekin bu sovuqqa shaxsan men tayyor emasman. Sovuqqa tayyor bo‘lish uchun bolalarning kiyim-kechagi but bo‘lishi kerak. Lekin domda turaman, gaz bor.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:18 0:00
Бевосита линк


Xorazm. Yangibozorlik 66 yashar Ro‘za opa:

- Bugun yaxshigina sovuq. Ko‘chaga chiqsang, og‘zi-burning muzlab qoladi. Pechga o‘tin yoqib, qizdirayapmiz uylarni. Bu yil ko‘mir qimmat bo‘lib ketdi, ololmadik. Shuning uchun o‘tin yoqib o‘tiribmiz. To‘qayning o‘tinlarini mashinada olib kelib, sotishadi. Bir mashina o‘tin 400-300 ming so‘mdan sotishadi. Hamma shuni olib, bir amallayapti.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:25 0:00
Бевосита линк


Samarqand shahri. 63 yashar Nazarali aka:

- Allohga ming qatla shukur, bu yil gazimiz ham, svetimiz ham yaxshi. Bu yil o‘tgan yillarga nisbatan ancha yaxshi. Uylar issiq. Shuning uchun biz qattiq sovuqqa tayyormiz.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:52 0:00
Бевосита линк

Sizchi, aziz mushtariy, qanday qishlayapsiz, anomal sovuqqa tayyormisiz? Bu haqda shu yerga sharh sifatida qoldirishingiz mumkin. Yoki Telegram, WhatsApp tarmog‘idagi raqamlarimiz: +420 724 971 539; +420 724 740 755 orqali yozishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG