Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:33

OzodMikrofon: Agar do‘konim uchun tovon puli berilmasa, prezident devoni oldiga borib yotamiz


Tadbirkorning bozor o‘rtasida qolgan do‘konlari
Tadbirkorning bozor o‘rtasida qolgan do‘konlari

Andijon viloyati Shahrixon tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor Adhamjon Abdullaev, buzilgan dehqon bozori hududidagi do‘konlari uchun tovon puli ololmayotganidan OzodMikrofonga shikoyat qildi.

OzodMikrofon: "Агар товон пули бермаса президент олдига борамиз"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:59 0:00
Бевосита линк

Tadbirkorning aytishicha, har biri 300-350 million so‘m turadigan, ko‘chmas mulk sifatida rasmiylashtirilgan uch do‘kon uchun hokimiyat bir so‘m ham pul bermagan.

“Hokimga arz qilib borsam, “ha amakilaringiz yordam berishar, o‘zingiz qurib olarsiz”, deydi. Axir amakilarim 7 oydan buyon ishsiz va ta’minotsiz qolgan o‘n besh jonni qachongacha boqadi”, deydi Adhamjon Abdullaev.

Tadbirkor, uning oilasiga tegishli bo‘lgan do‘konlarning ko‘chmas mulk ekanligi haqidagi fotolarni ham Ozodlikka taqdim qildi.

“Agar hokimlik tovon pulini bermasa, oilam bilan prezident devoni eshigiga borib yotib olaman, chunki yashashga umuman imkon qolmadi. Bu do‘konlarni bor-budimizni sotib olgan edik”, deydi tadbirkor.

Tadbirkorning bozor o‘rtasida qolgan do‘konlari
Tadbirkorning bozor o‘rtasida qolgan do‘konlari

Ko‘chmas mulk haqidagi tadbirkor hujjati
Ko‘chmas mulk haqidagi tadbirkor hujjati

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG