Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:52

Rossiya muxolifati “Putin. Yakunlar. 2018” hisobotini taqdim etdi (VIDEO)


Ilya Yashin taqdimot paytida
Ilya Yashin taqdimot paytida

Rossiyalik taniqli muxolifatchilar - Ilya Yashin va Vladimir Milov Rossiyaning 18 yillik hukmdori - prezident Vladimir Putinning iqtisodiy, ijtimoiy va geosiyosiy boshqaruvi yakunlariga bag‘ishlangan “Putin. Yakunlar. 2018” hisobotini taqdim etdi. Unda Rossiyaning uzoq yillardan beri o‘rnatilgan Putin boshqaruviga tanqidiy baho berildi.

Hisobot mualliflari fikricha, oxirgi 18 yil davomida Rossiya chuqur iqtisodiy inqiroz holatiga tushgan, iqtisodiy o‘sish sur’atlari esa mutlaqo to‘xtagan.

Putin boshqarib kelayotgan hukumat ijtimoiy sohaga sarflanayotgan harajatlarni keskin kamaytirishni davom etayotgani, ayni damda prezidentga yaqin bo‘lgan shaxslar milliardlab dollarli daromadlar olayotgani haqida gapirdi taqdimot marosimida Ilya Yashin.

- Faqat neft va gaz sotish hisobiga oxirgi 18 yillik Putin davrida Rossiya 3,5 trillion dollar miqdorida daromad oldi. Bu pullarga, masalan, 400 mingta yangi maktab, 350 mingta yangi shifoxona, 1 million kmdan ortiq zamonaviy avtomobil yo‘llarini qurish mumkin edi. Taqdim etilgan ma’ruzamizda biz “Bu pullar qani?” degan savolni qo‘yayapmiz.

Rossiyadagi milliarderlar soni boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda, “Putin. Yakunlar. 2018”
Rossiyadagi milliarderlar soni boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda, “Putin. Yakunlar. 2018”

2008 yilda boshlab o‘tgan 10 yilda grajdanlarimiz daromadi mutlaqo o‘sishdan to‘xtadi va oxirgi 5 yilda kamayishni boshladi. Aholi kambag‘allashayotgan bir paytda ijtimoiy tengsizlik kuchaymoqda: Putin birinchi marotaba prezidentlikka saylanganida Rossiyada birorta ham milliarder bo‘lmagan! Bugungi kunda Rossiyada milliarderlar soni 100 kishidan oshdi, dedi Ilya Yashin.

Muxolifat yetakchisi bu hisobot “o‘z vaqtida Boris Nemsov asos solgan an’ana davomi” ekanini ta’kidladi. Boris Nemsov 2015 yilda otib o‘ldirilishidan biroz odinroq Ukrainaning Donbassidagi “Putin. Urush” dokladi ustida ishlayotganini bildirgan edi.

(“Putin. Yakunlar. 2018” ma’ruzasi taqdimoti)

Taqdimot marosimida muxolifat vakillari politsiya hisobotning chop etilgan asosiy tirajini musodara qilgani va Rossiyaning “barcha bosmaxonalari” “Putin. Yakunlar. 2018”ni nashr etishdan bosh tortganini aytdi.

So‘zga chiqqan yana bir ma’ruzachi Vladimir Milov ular keltirayotgan ma’lumotlar ochiq manbalardan olingani, ammo uning tarqatilishi “Putin uchun halokatli” ekaniga urg‘u berdi.

“Putin. Yakunlar. 2018” ma’ruzasida keltirilgan ma’lumotlarga binoan, Rossiya byudjeti neft va gaz sohasidan olingan soliqlar hisobiga 2 trillion AQSh dollariga oshgan.

- Putinning do‘stlari mafiya tizimini yaratib, mumkin bo‘lgan hamma narsani o‘marishga asoslangan o‘zaro boyish tizimiga asos soldilar. Rossiyada aparteid tizimi yuzaga keldi. Amaldorlar va boshqa imtiyozli shaxslar uchun kommunizm qurildi, mamlakat qanday yashayotgani bilan ularning ishi yo‘q. Ayni paytda, barcha sarf-harajatlar oddiy grajdanlar hisobiga qoplanmoqda, dedi Milov.

Hisobotda aytilishicha, bugunga kelib Rossiyaning 10 foiz grajdanlari mamlakatning 70 foiz milliy boyligini boshqarib kelmoqda, aholining 20 foizi esa, qashshoq ahvolda qolmoqda.

“Shu bilan birga, yirik davlat korporatsiyalari rahbarlari kuniga bir necha million rubldan daromad olishga uyalmayotir”, deyiladi hisobotda.

Milov va Yashin taqdimotida Vladimir Putin hukumati oxirgi 18 yilda kuchishlatar va harbiy tizimga byudjetdan ajratilayotgan harajatlar 40 foizga oshganini namoyish etdi.

Shuningdek, ma’ruzada Kreml mahalliy hokimiyat idoralari vakolatlari birin-ketin qirqilib, hozirda mavjud boshqaruv qudrati markazlashtirilganiga e’tibor qaratildi.

Ma’ruzachilar ayrim mintaqalar Putinga “xayrixohligini” bildirgani uchun taqdirlanayotganini gapirdi.

“Qodirov saroylarni qurmoqda va o‘zining xususiy armiyasini, Rossiya hududi sanalgan Chechenistonda esa mustaqil davlat tuzdi”, deyildi jumladan ma’ruzada.

Shuningdek, “Putin. Yakunlar. 2018” dokladida Vladimir Putin olib borayotgan siyosatning butun olam uchun xatarli ekani ham aytildi.

- Putindan har narsa kutsa bo‘ladi. Putin yadro qurolini ishlatishga tayyor ekani to‘g‘risida gapirayotgan bo‘lsa – u yolg‘on gapirayapti deya olmayman, dedi Yashin.

Muxolifatchilar fikricha, Vladimir Putin hukumatiga G‘arb mamlakatlari tomonidan joriy qilinayotgan sanksiyalar juda sezilarli tarzda ta’sir o‘tkazmoqda.

XS
SM
MD
LG