Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:03

“Do‘stlik” chegara maskanidan o‘tayotganlar ta’magirlikdan shikoyat qilayapti


“Дўстлик”дан ўтаётганлар қирғиз масъуллари таъмагирлигидан шикоят қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:16 0:00

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Feysbukda qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi “Do‘stlik” maskanida chegaradan o‘tuvchilar qirg‘iz chegarachilari o‘zlariga qo‘pol muomalada bo‘layotgani haqida shikoyatlar ko‘paydi. Shu mazmundagi shikoyat xatlari Ozodlikka ham kelib tushdi. Vaziyatni yaqindan o‘rganish maqsadida “Do‘stlik”da bo‘ldik.

“Do‘stlik” chegara-o‘tkazish punktining Qirg‘iziston tomonida turnaqator navbatlar bir necha oydan beri odatiy holga aylangan.

Bir necha soatdan beri chegaradan o‘tolmay turgan homilador ayol chegarachilar uning iltimosiga e’tiborsiz qoldirganlarini aytadi.

“Homiladorman, ikki soatdan beri shu yerda turibman, boshim aylanayapti”.

“Do‘stlik”da navbat kutayotgan ayrimlar iddaosicha, bu navbatlarga sabab chegarachilar va bojxonachilarning ta’magirligidir.

- Biz 50 ming uchun 1-1,5 sutka yuribmiz. Nagliy ichkarida chekkaga qisib turib, pul olayapti. O‘zbek puliga 5 ming so‘mdan 10 ming so‘mgacha olayapti, qaytishda ko‘p olayapti. Qaytishda hushimizdan ketib, “sudorga” bo‘lib turibmiz, o‘tkazmayapti, lekin 39 ming to‘laganlarni oldimizda o‘tkazib yubordi, - deydi quvalik ayol

Ayolning gaplarini xo‘jaobodlik 18 yoshli nogiron Maftuna Alieva ham tasdiqlaydi. Maftunaning aytishicha, chegarada turuvchilardan biri pul bermagani uchun qizning telefonini olib qo‘ygan.

Maftuna Alieva: 9 ta 20 kilogrammlik kraskani ukam bilan olib o‘tdik, telefonimizni “zalog” qilib, olib qo‘ydi.

Ozodlik: Kim oldi?

Maftuna Alieva: Taniyman, bez forma shu yerda yuradigan aka oldi. “Bir soatda chiqamiz”, dedik. Keyin bir soatda chiqib, pulni berib, telefonni oldik.

Ozodlik: Nima uchun u odamga pul berdingiz?

Maftuna Alieva: Kraskamizni O‘zbekistonga olib o‘tganimiz uchun. “Rastamojka qilasan”, dedi. “Necha puldan?” desak, “Donasiga besh mingdan”, dedi. “Qoplamaydi, kasalman” dedim. “Bo‘lmasa, 300 som berasan”, dedi. 300 som emas, 30 ming so‘m o‘zbek puliga berdik.

Ozodlik: Siz kiyimiga qarab chegarachi bilan bojxona xodimini farqlay olasizmi?

Maftuna Alieva: Ha, farqiga boraman, ko‘rganman, ularning oldida yig‘lab turganman.

Ozodlik: Endi ayting, kim oladi - chegarachimi, bojxonachimi?

Maftuna Alieva: Ko‘proq tamojniy oladi, chunki men ko‘proq yuk tashiyman. Keyin ichkariga odamlarni 5tadan kiritadiganlar ham oladi, javob.

Ayni paytda chegaradan o‘tayotganlar “Do‘stlik”dagi talotumga navbatda turganlar orasida yuz berayotgan tartibsizliklar ham sabab bo‘layotganini aytmoqdalar.

“Bir-ikkita odam benavbat kelib olishayapti. O‘shalar buzishayapti navbatni”.

“Agarda navbat bo‘lib, hammasi risoladagidek bo‘lsa, tezda-tezda o‘tiladi. Hamma shu yerga kelib olaveradi, urush shundan bo‘ladi”.

Qirg‘iz mas’ullari odamlarga chegarachilar tomonidan qo‘pol munosabatda bo‘linayotgani, ulardan pul talab qilinayotgani to‘g‘risidagi iddaolarni rad etishadi. Ularga ko‘ra, odamlarni chegaradan o‘tishda tartibga chaqirish ba’zi odamlar tomonidan qo‘pollik sifatida qabul qilingan bo‘lishi mumkin.

Chegaradan yuksiz o‘tayotganlar chegarachilar, qo‘lida yuki borlar esa bojxona xizmati va sanitariya xizmati xodimlari tomonidan tekshiriladi.

Qirg‘iziston Chegara xizmati rasmiylariga ko‘ra, bugungi kunga kelib chegaradan kuniga 7 mingdan 10 minggacha odam o‘tmoqda. Chegara bekatining buncha ko‘p odamni qabul qilishga moslashmagani sababli tiqilinchlar paydo bo‘lgan. Shu kunlarda “Do‘stlik” chegara maskanida odamlar o‘tuvchi yo‘laklarni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG