Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:48

Qozonda o‘zbek muhojiri tarmoqdagi postlari uchun 2 yilga qamaldi


Rossiya Davlat Dumasi sud pristavlariga “grajdanlarning obro‘-e’tibori va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi” ma’lumotlarni tarqatayogan internet-sahifalarni bloklashga ruxsat beruvchi qonun qabul qildi.

Moskvaning Taganskiy tuman sudi Roskomnadzor talabi bilan “shifrlash kalitlarini FSBga taqdim etmayotgan” Telegramni Rossiya hududida to‘sib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Rossiya hukumatining Internet ustidan nazorat o‘rnatishga qaratilgan bu qadamlari fonida Qozon shahrida “ekstremistik ruhdagi” fotosuratni joylashtirganlikda aybdor deb topilgan 56 yashar o‘zbek muhojiri 2 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.

Tataristonning Qozon shahrida ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasida "ekstremistik materiallarni joylashtirganlikda" aybdor topilgan 56 yashar O‘zbekiston vatandoshi Novo-Savinskiy tuman sudi qarori bilan 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Tatariston Respublikasi Bosh prokuraturasi mulozimi Ozodlik savoliga javoban sud qarori kuchga kirmaguncha bu shaxsning ismi-sharifi oshkor etilmasligini bildirdi.

- Unga jazo berildi – 2 yilga koloniyaga surgun qilindi. O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan bu shaxs ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida ekstremistik mazmundagi fotosuratlar, yozuvlar va maqolalarni chop etib borgan. Uning ism-familiyasini qaror kuchga kirmaguncha e’lon qilmaymiz, dedi Tatariston prokuraturasi Bosh mutaxassisi Alsu Kamolova.

Prokuraturadan olingan ma’lumotga ko‘ra, Internetda faol bo‘lgan 1962 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik 2015 yildan 2017 yilga qadar “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida turli mazmundagi maqolalarni repost qilgan, fikr-mulohazalarini bildirib kelgan va turli kollaj hamda fotosuratlarni chop etgan.

Prokuraturaning psixologiya-lingvistika sud ekspertizasi xulosasiga tayanib chiqargan aybloviga ko‘ra, ismi oshkor qilinmayotgan o‘zbek muhojiri tarmoqda yahudiy va arman etnik guruhlariga nisbatan zo‘ravonlikka chorlovchi materiallarni chop etib kelgan.

Alsu Kamolova IP-adresi bo‘yicha aniqlangan va hibsga olingan o‘zbekistonlik Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 282- moddasi, 1- qismi, ya’ni “Adovat yoki nafrat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlar” asosida javobgarlikka tortilganini ham qo‘shimcha qildi.

Tergov davomida u o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgani aytildi.

Kreml Internetni to‘liq nazoratga olmoqchi

Ayni paytda, Rossiya hukumatining Internet ustidan nazorat o‘rnatishga qaratilgan harakatlari kuchayib borayotgani kuzatilmoqda.

12 aprel kuni Rossiya Davlat Dumasi “grajdanlarning obro‘-e’tibori va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi” ma’lumotlarni tarqatayogan internet-sahifalarni sud pristavlariga bloklashga ruxsat beruvchi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qildi.

Hujjatga ko‘ra, biror ma’lumotni olib tashlash to‘g‘risida sud qarori chiqqanidan keyin berilgan muhlatda u bajarilmasa, sud pristavlari Aloqa, axborot texnologiyalarini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmat - “Roskomnadzor”ga maxsus qaror yuborib, saytni bir kun davomida bloklashga erishadi.

2017 yilning may oyida milliarder Alisher Usmonov "Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma"ning “On vam ne Dimon” (“U sizga Dimon emas”) filmi ustidan sudga shikoyat qilgan edi. Oligarxning talabini qondirgan sud qarori borligiga qaramasdan hozirgacha muxolifatchi Aleksey Navalniy filmni o‘z sahifalaridan olib tashlagani yo‘q.

Roskomnadzor shifrlash kalitlarini FSBga taqdim etishdan” bosh tortgan Telegramni Rossiya hududida to‘sib qo‘yishni Moskva sudidan talab qildi.

Error rendering VK.

(Pavel Durov rossiyalikga Telegram-dan foydalanaverishni tavsiya qildi​)

Sudning 13 aprel, juma kungi qaroriga binoan Rossiya hududidagi faoliyatiga qo‘yilgan taqiq Telegram messenjeri rahbariyati “shifr kalitlarini Federal xavfsizlik xizmatiga (FSB) berish majburiyatini bajarmagunicha amal qiladi”.

- Biz anglab turibmizki, Telegram orqali tarqatilayotgan ma’lumot qonun buzilishiga olib kelishi, terrorchilik va ekstremistik tashkilotlar tomonidan foydalanilishi va Rossiya Federatsiyasi grajdanlari xavfsizligi, hayoti va sog‘ligi hamda bu tarmoq foydalanuvchilarining o‘zlariga xatar tug‘dirishi mumkin,- dedi Roskomnadzor Huquqiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Mariya Smelyanskaya.

Butun olam e’tiborini o‘ziga qaratgan 20 daqiqa davom etgan mahkama davomida Roskomnadzor Telegramni zudlik bilan yopib tashlashni talab qildi.

Telegram asoschisi Pavel Durov bosimlar ostida 2014 yilda Rossiyani tark etgan
Telegram asoschisi Pavel Durov bosimlar ostida 2014 yilda Rossiyani tark etgan

Biroq, Pavel Durovning sudda huquqlarini himoya qilayotgan “Agora” guruhi advokati V. Chikov juma kuni messenjer rahbariyati FSB, Roskomnadzor va Rossiya hukumati talablariga hech qanday yon bosmasligini bildirdi.

O‘tgan haftada Roskomnadzor Telegram rahbariyati oldiga qo‘ygan muhlat yakuniga yetdi. Bu muhlat ichida Roskomnadzor Telegramdan foydalanuvchilar yozuvlarini shifrlash kalitlarini berishni talab qilgan.

Rossiyani 2014 yilda tark etgan Telegram rahbari Pavel Durov bu talabni bajarish texnik jihatdan imkonsiz ekanligni aytib, bosh tortib kelmoqda.

Amnesty International Xalqaro Inson huquqlari himoyasi tashkilot tuzgan reytingida Telegram, Facebook Messenger va WhatsApp bilan birga, eng himoyalangan messenjerlar qatoridan o‘rin olgan.

XS
SM
MD
LG