Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:43

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida birinchi marta 4 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi


O‘zbekiston hozirda ham haritada qora rang bilan belgilangan davlatlar qatorida qolmoqda.
O‘zbekiston hozirda ham haritada qora rang bilan belgilangan davlatlar qatorida qolmoqda.

Bosh qarorgohi Parijda bo‘lgan “Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters sans frontières) tashkiloti 180 mamlakatda so‘z erkinligi vaziyati bo‘yicha 25 aprelda e’lon qilgan hisobotida O‘zbekistonni 165-o‘ringa qo‘ydi.

Ўзбекистон матбуот эркинлиги рейтингида биринчи марта 4 поғона юқорига кўтарилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:01 0:00

2017 yilda O‘zbekiston bu reytingda 169-o‘rinda, 2016 yildagi ko‘rsatkichda esa 166-o‘rinda edi. Shundan kelib chiqilsa, O‘zbekistonning matbuot erkinligi ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 4 pog‘onaga, 2016 yildagiga nisbatan 1 pog‘onaga yaxshilandi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan beri birinchi marta matbuot erkinligi reytingida yuqori pog‘onaga ko‘tarilmoqda.

Hisobotga ilova qilingan haritada so‘z erkinligi sohasidagi ahvol eng yomon bo‘lgan davlatlar qora rangga bo‘yalgan. O‘zbekiston ko‘rsatkichi bir oz yaxshilangan bo‘lsa-da, hamon haritada qora rangga bo‘yalgan davlatlar qatorida qolmoqda.

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Yoxan Bir hisobot haqida ma’lumot berar ekan, joriy yildagi reyting kutilmagan natijalarga boy bo‘lganini aytdi.

- Joriy yilda Markaziy Osiyo davlatlaridagi matbuot erkinligi evolyutsiyasi paradokslarga boy bo‘ldi. Shaxsan men bunday holatga guvoh bo‘laman, deb o‘ylagan ham emasman. Jahon matbuot erkinligi indeksida 89-o‘rinni egallab kelgan Qirg‘iziston 98 - o‘ringa tushib ketdi, O‘zbekiston esa, aksincha, to‘rt pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi, -dedi Yoxan Bir.

Xalqaro Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti 28 mart kuni e’lon qilgan 37 sahifalik yangi hisobotida ham, O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat "ijobiy tomon"ga o‘zgarganinini ta’kidlagan. Biroq bu tashkilot "alohida jurnalistlar, yozuvchilar va oddiy fuqarolar tanqidiy qarashlari tufayli hukumat tomonidan hamon ta’qibga uchrayotgani”dan tashvish bildirgan edi. Human Rights Watch hisobotda O‘zbekistonda 27 nafar siyosiy mahkum ozod etilgani olqishlangan.

“Chegara bilmas muxbirlar” hisobotida umumiyatla olganda jahonda matbuot erkinligi vaziyati yomonlashgani qayd etilgan. Jumladan, Qo‘shma Shtatlarning ham ko‘rsatkichi yomonlab, 45-o‘ringa tushib qolgan.

-Biz demokratik model eroziyasiga guvoh bo‘layotirmiz, ayniqsa, bugungi kunda matbuot erkinligi eng yaxshi bo‘lgan Yevropada ham bu narsa sezilayapti. Reytingda ko‘rsatkichlari eng yomonlashgan besh davlat Yevropada joylashgan, -dedi “Chegara bilmas muxbirlar”tashkilotining bosh kotibi Kristof Delor.

Hisobotda matbuoti eng erkin bo‘lgan davlatlar qatorida ikki yildan beri Norvegiya va Shvetsiya tilga olinmoqda. Matbuot erkinligi eng yomon bo‘lgan davlat esa Shimoliy Koreyadir.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida matbuot erkinligi reytingida Qirg‘iziston 98-, Tojikiston 149-, Qozog‘iston 158-,Turkmaniston 178-o‘rinni egallagan.

XS
SM
MD
LG