Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:43

Rus tadbirkorlari O‘zbekistondagi biznesini prokuror Mirag‘lam Mirzaev sindirganini iddao qilmoqda (VIDEO)


Uzbekistan- "Malika" shopping center
Uzbekistan- "Malika" shopping center

Toshkentdagi “Malika” yarmarkasi egalaridan biri – Rossiyaning “Lessor Plyus” shirkati savdo majmuasi Toshkentning sobiq prokurori Mirag‘lam Mirzaev odamlari tomonidan reyderlik yo‘li bilan tortib olinganini iddao qilmoqda. Rus tadbirkorlari nomidan gapirgan peterburglik biznesmen Nikolay Baranov O‘zbekiston prezidentiga videomurojaat qilib, vaziyatni o‘rganish va huquq muhofazasi sohasida tartib o‘rnatishni so‘radi.

Ozodlik bilan suhbatda metall konstruksiyalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bu tadbirkor O‘zbekistonga yana yirik sarmoya kiritish niyatidan qaytmaganini bildirdi.

“Mulkimizga Mirag‘lam Mirzaev odamlari ko‘z tikkan!”

Shu yilning mart oyi oxirida Toshkentdagi “Malika” yarmarkasi (sobiq “Fleshka”) da aksar do‘konlarning yopib qo‘yilgani savdogarlar noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Majmua hozirgacha to‘liq ishga tushganicha yo‘q. Tadbirkorlarga ko‘ra, yaqinda kompleks egasi almashgan va shundan beri savdogarlar sarson bo‘layapti.

"Malika" yarmarkasi O‘zbekistonda elektrotexnika sotiladigan eng yirik savdo majmualaridan biridir. ​

O‘zbekiston Davlat mulk qo‘mitasining 1994 yil 28 iyundagi qarori bilan, "Malika" Trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi aksionerlik jamiyatiga o‘zgartirilgan va aksiyalarning 29 foizi rus investorlariga sotilgan. 2009 yilda bankrot holatiga kelib qolgan "Malika" AJsi 55,86% ulushi bilan yangi tashkil etilgan "Lessor Plyus” shirkatiga sotilgan.

Rus tadbirkorlari 2016 yilga kelib, oyoqqa turib¸ daromad ola boshlagan "Malika" savdo majmuasi Toshkent shahar prokuraturasi talabi bilan reyderlik yo‘li bilan tortib olinganini iddao qilmoqda.

​O‘zbekistondagi mulk egasi bo‘lgan rus tadbirkorlari prezident Shavkat Mirziyoevga maxsus murojaat hozirlab, o‘zbek iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalarni qaytarib berish va sud jarayonida adolat o‘rnatilishini kafolatlashni so‘radi.

70 миллион долларлик бизнеси синдирилганини айтган рус тадбиркори президент Мирзиёевга мурожаат қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:41 0:00

“Lessor Plyus” mulkdorlaridan biri, “Stalkolorprofil” firmasi direktori Nikolay Baranov Ozodlik bilan suhbatda “Malika”ning 56 foiz aksiyasi rus investorlariga tegishli ekanini bildirdi:

- 45 yillik umrim davomida men O‘zbekistonda yozganimchalik buncha ko‘p murojaat va xat yozmaganman. Birortasi Sizga yetib borar¸ degan umidda yozgandim. Ular yetib bormadi... Men Yevropa sudiga borishga majburman. Rostini aytsam, men allaqachon Yevropa sudiga murojaat yubordim. Biznesimiz 70 mln dollarga baholandi. Axir biz O‘zbekistonga do‘stlashgani va ishlagani, o‘zaro hurmatimizni ko‘tarish uchun kelgandik, yerga urishga emas. Bizga e’tibor berishingizni va imkon qadar, barcha ishchilaringizni konstitutsiyaviy huquqqa chaqirishingizni so‘raymiz. Ular investorlar bilan qanday ishlamoqchi, agarda ular mutlaqo ishlashni bilmasa?! – dedi biznesmen.

Rossiyalik mulk egalari, ayrim mansabdorlar hatti-harakatlari tufayli O‘zbekiston byudjetiga milliardlab so‘m soliq va tushum kelmayotgani, ko‘plab odamlar ishsiz qoldi, demoqda.

Rossiyalik tadbirkorlar Ozodlik bilan suhbatda ular mulkiga hozirda tergov ostida qolayotgan sobiq Toshkent shahar prokurori Mirag‘lam Mirzaev va uning odamlari ko‘z tikkanini iddao qildi. Nikolay Baranov ularning firmalariga qarshi jinoiy ish shaxsan Mirzaev tomonidan 2016 yilda qo‘zg‘atilgani mahkama davomida taqdim etilgan hujjatlardan aniqlanganini bildirdi.

Ozodlikka taqdim etilgan hujjatlardan birida prokuror Mirag‘lam Mirzaevning shaxsiy imzosi ostida “Malika” OAJi mulkiga 1994 yilda berilgan davlat orderlari va huquqiy hujjatlari “haqiqiy emas deb topish” hamda“Lessor Plyus” egaligidagi binolar “davlat hisobiga qaytarish” to‘g‘risida kiritgan da’vo arizasi borligini ham ko‘rish mumkin.

Mirag‘lam Mirzaevning "Malika" egalariga qilgan da’vo arizasi nusxasi
Mirag‘lam Mirzaevning "Malika" egalariga qilgan da’vo arizasi nusxasi

​Bundan oldinroq Ozodlik O‘zbekiston Bosh prokuraturasi sobiq prokuror Mirzaev va oilasiga jinoiy ish ochilgani haqida xabar bergandi.

“Bosh prokuratura tomonidan R.Qodirovga nisbatan o‘tkazilayotgan jinoyat ishi tergovi doirasida Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.A.Mirzaev, uning turmush o‘rtog‘i M.X.Mirzaeva, o‘g‘li A.M.Mirzaev ishtirokida juda ko‘p miqdorda pora olish, boshqa mansabdorlik jinoyatlarini sodir etganlik holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda", deyilgan edi avvalroq rad etilgan bu xabarnomada.

Unda Mirzaevlar tomonidan sodir etilgan “pora olish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki boshqa jinoiy qilmishlar oqibatida jabrlanuvchi yoki guvoh bo‘lganlarni Bosh prokuraturaga murojaat qilish yoki qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Ozodlik “Malika” savdo markazi mulkdorlariga nisbatan Mirzaev boshchiligidagi jinoiy guruhning noqonuniy harakat qo‘llaganiga oid rossiyalik tadbirkorlar iddaolariga oydinlik kiritish maqsadida Respublika Bosh prokuraturasiga murojaat qildi.

- “Malika” yoki “Fleshka” bo‘yicha bizga hech qanday ma’lumot yo‘q, dedi o‘zini Sherali deb tanishtirgan prokuratura mas’ul xodimi.

Nikolay Baranov: "Malikani" tortib olishga katta kuch tashlandi!"
Nikolay Baranov: "Malikani" tortib olishga katta kuch tashlandi!"

Nikolay Baranov 2009 yilda “Malika” aksionerlik jamiyati bankrotoldi holatda bo‘lgani va fabrika deyarli mahsulot chiqarmayotgani, imoratlar ayanchli ahvolda ekanini yodga oldi.

Rus tadbirkori “ biz bu inshootga 20 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritib, uni zamonaviy savdo uyiga aylantirdik”, deydi.

- Shunda “Lessor Plyus” tashkil etilib, 55,86% aksiya rus sarmoyadorlariga ajratildi. 2016 yilga kelib jami investitsiyalar hajmi 70 million dollardan oshdi. Biroq, savdo oboroti va daromadi maksimal oshgan 2016 yilda Toshkent prokuraturasi shahar Xo‘jalik sudiga “1994 yilda “Malika” AJning xususiylashtirilishi to‘g‘risidagi davlat akatlarini haqiqiy emas” deb qabul qilish da’vosi bilan murojaat qildi, deydi Nikolay Baranov.

2016 yilning 19 avgustida Toshkent shahar Xo‘jalik sudi “Lessor Plyus” shirkatiga qarashli ko‘chmas mulkni musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.

“Lessor Plyus” shirkatining M.Mirzaev ustidan Bosh prokuraturaga ariza
“Lessor Plyus” shirkatining M.Mirzaev ustidan Bosh prokuraturaga ariza

O‘sha paytda poytaxt prokurori 1-o‘rinbosari Mirag‘lam Mirzaev tomonidan boshqarib kelingan prokuratura “Malika” xususiylashtirilishida “mulkning noto‘g‘ri baholanishi”ga yo‘l qo‘yilganini da’vo qilib chiqqan.

“Stalkolorprofil” firmasi direktori Nikolay Baranov mustaqil baho beruvchilar o‘zining O‘zbekistonda tortib olingan biznesini jami 70 mln AQSh dollariga baholaganini ma’lum qildi.

"Malika" majmuasi oldida ishchilar yig‘ilishi, 2018 yilning mart oyi.
"Malika" majmuasi oldida ishchilar yig‘ilishi, 2018 yilning mart oyi.

Xalqaro sarmoyadorlarning O‘zbekistonda muammolarga duch kelishi va mol mulkidan mosuvo bo‘lishi favqulloda hodisa sifatida ko‘rilmaydi.

MTS mobil telefon shirkati¸ “Vimm-Bill-Dann”, “Carlsberg”, Newmont Mining, Spentex Industries, Metal-Tech, Oxus Gold, United Cement Group kabi o‘nlab shirkatning O‘zbekistondan chiqib ketishi ortida marhum prezident Islom Karimov hukumati mulozimlarining talonchilik siyosati turgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG