Линклар

Шошилинч хабар
22 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:24

OzodBlog: Po‘sh-po‘sh, qoch, urvoraman!


- Har kuni bir qaror, ikki kunda bir farmon, bir qarasang Samarqandda, bir qarasang Andijonda, har qalay harakat bor, tinim bilmayapti, axir, - dedim bir kuni Shuhratga Mirziyoevni nazarda tutib.

- To‘g‘ri, harakat bor. Lekin bu harakat elektrokarda o‘ynayotgan bolaning harakatiga o‘xshamaydimi? - dedi hamkasbim, - sistemli yondashuv ko‘rmayapman.

Shuhratning bu gapi kattaqo‘rg‘onlik marhum o‘qituvchi Diana Yenikeeva ishlagan maktabdagi navbatdagi direktor almashinuvi to‘g‘risida o‘tgan haftadagi xabarni o‘qib esimga tushdi.

Diana bilan bog‘liq mojarolar zanjirini mana bu, mana bu va mana bu maqolalardan va saytimizdagi boshqa materiallardan bilsangiz bo‘ladi.

Zanjirning sxematik ko‘rinishi budir:

O‘qituvchi Diana Yenikeeva boshqa hamkasblari bilan ko‘cha tozalashga olib chiqilganida katta ko‘chada mashina urib ketib, halok bo‘ldi.

Ozodlikning bu haqdagi xabari ortidan ko‘tarilgan shov-shuv Prezidentgacha yetib bordi.

Bir qator rahbarlar, jumladan, maktab direktoriyu viloyat xalq ta’limi boshqarmasi (VXTB) boshlig‘i ishdan olindi.

VXTB boshlig‘i marhum Yenikeeva ishlagan maktabga direktor etib tayinlandi.

Yangi direktor ishni o‘qituvchilarga ko‘cha supirtirishdan boshladi.

Ozodlikning bu xabari ortidan VXTBning sobiq boshlig‘i maktab direktorligidan ham bo‘shatilgani va o‘rniga...

Va o‘rniga Dianani ko‘cha supurtirishga chiqargan eski direktor qaytarilgani ma’lum bo‘ldi.

Erta-o‘tib indinga VXTB sobiq rahbari ham yana o‘z o‘rniga qaytarilsa, ajablanmang.

Xullas, iliktr moshinda ketayotgan haydovchining "po‘sh-po‘sh"iga quloq solinsa ham, solinmasa ham bo‘laveradi. "Urgani" bilan "urilgan" baribir urilib qolmaydi.

Kadrlar siyosatidagi bunday yondashuv chindan ham maxsus kortning ichida goh oldu goh ortga, goh o‘ngu goh so‘lga haydalayotgan, goh u moshinga, goh bu moshinga borib urilayotgan iliktr moshinni eslatmayapti sizgayam?

OzodBlog rukni o‘z fikrlarini Ozodlik mushtariylari bilan o‘rtoqlashishni istagan har bir muallif uchun ochiq.

OzodBlog ruknida e’lon qilinadigan materiallarda bildiriladigan fikr-mulohazalar, ularda u yoki bu voqea-hodisaga beriladigan baholar mutlaq mualliflarniki. Ular Ozodlikniki emasdir.

XS
SM
MD
LG