Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:38

Qirg‘izistonda Rossiya banki transmilliy jinoiy guruhlarning pulini yuvganlikda ayblanmoqda


Qirg‘iziston Moliya politsiyasining bildirishicha, “Rossiya investitsiya banki”ga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida Bishkekda bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari hibsga olindi.

Қирғизистонда Россия банки трансмиллий жиноий гуруҳларнинг пулини ювганликда айбланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00

Moliya politsiyasi: "Rosinbank"da 3 milliard rubl pul yuvilgan

Moliya politsiyasi bankning boshqa qator rahbarlariga ham jinoyat ishlari ochilganini ma’lum qildi. Ularga hujjatlarni soxtalashtirish hamda jinoiy yo‘llar bilan topilgan mablag‘larni qonuniylashtirish ayblovi bildirildi.

Moliya politsiyasi matbuot kotibi Anastasiya Piskur ayni paytda jinoyat ishi yuzaisdan tergov davom etayotganini aytdi:

- “Rossiya investitsiya banki” 2014 yildan boshlab Rossiyadagi firmalar, xususiy shaxslar va Seyshel orolidagi xorij shirkatlariga soxta hujjatlar asosida bank hisoblarini ochgan. Bu hisoblarga bank uch milliard rubl mablag‘ o‘tkazgan, -dedi Anastasiya Piskur.

Rasmiy xabarda aytilishicha, “Rossiya investitsiya banki” transmilliy jinoiy guruhga Rossiyadan yirik miqdordagi pullarni Qirg‘izistonga olib kirishga ko‘maklashgan. Bu pullar soxta firmalarga ochilgan bank hisoblariga o‘tkazilib, qonuniylashtirilgan.

Shundan so‘ng qonuniylashtirilgan pullar soliq to‘lamaslik maqsadida iqtisodiy faoliyat haqidagi soxta hujjatlar bilan chet eldagi xususiy va yuridik shaxslar hisobiga yuborilgan.

Avvalgi jinoyat ishlarini to‘xtatgan tergovchilar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbaevning bildirishicha, bu masalada avvalgi yillarda “Rossiya investitsiya banki”ga nisbatan jinoyat ishlari ochilgan, biroq noma’lum sabablarga ko‘ra ikki marta jinoyat ishini tergov qilish to‘xtatilgan.

​- "Rosinbank" deb ataladigan “Rossiya investitsiya banki”ga nisbatan ochilgan jinotya ishlari nega ikki marta noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtatilgani yuzasidan hozir tekshiruv olib borilmoqda. Jinoyat ishini asossiz to‘xtatgan tergovchilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoyat ishi qayta ochilgach, bank boshqaruvi raisining sobiq o‘rinbosari Andrey Goyxman qamoqqa olindi. Unga “jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni qonuniylashtirgan", degan ayblov bildirildi,-dedi Damir Saginbaev.

"Rosinbank" ayblovni tan olmasligini bildirdi

Biroq "Rosinbank" rasman Moliya politsiyasi tomonidan bildirilgan ayblovlar asossiz ekani to‘g‘risida bayonot tarqatdi. Bayonotda ayblovga “aqlga sig‘maydigan, haqiqatga zid keladigan va jamoatchilik orasida noto‘g‘ri fikrlarni paydo qiladigan iddao”, deb baho berilgan. Shuningdek, qamoqqa olingan Andrey Goyxman “bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari emas”ligi ham aytilgan.

Qirg‘izistonda Rossiyaning "ITB Xolding"shirkati sho‘’basi hisoblangan "Investtorgbank" 2013 yilda Bishkekdagi “Zalkar bank” aksiyalarining 90 foizini sotib olib, uni“Rosinvestbank”ka aylantirgan edi. Mazkur bank Qirg‘izistondagi tijorat banklari orasida ko‘rsatkichlari bo‘yicha 7-o‘rinda turadi.

XS
SM
MD
LG