Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:53

"Anvar qori Tursunov tirik, ammo ahvoli og‘ir"


Toshkent shahri bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov 5 aprelda insultga chalingani bildirilgan.
Toshkent shahri bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov 5 aprelda insultga chalingani bildirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi Anvar qori Tursunovning vafot etgani to‘g‘risida 8 iyunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarni rad etdi.

-Bu bo‘lmagan gap. O‘zbekiston musulmonlar idorasining Toshkent shahar vakilligi bu mish-mishlarni rad etadi. Anvar qori Tursunov tirik. Uning ahvoli avval qanday bo‘lsa o‘shandayligicha qolmoqda, - dedi vakillikning Ozodlik muxbiri savoliga javob bergan navbatchisi.

"Анвар қори Турсуновнинг вафот этгани тўғрисидаги хабарлар ёлғон"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:11 0:00

Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqida mish-mishlar 7 iyun, payshanbadan jumaga o‘tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshlagan edi.

"Bugun saharda Toshkent shahri bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov olamdan o‘tdilar. Janozalari bugun peshin namozida Jumada "Oq masjid"da bo‘lishi ma’lum qilindi. Muqaddas oyda va muqaddas kun jumada rixlatga yo‘l oldilar”, deyiladi Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida tarqatilgan xabarlardan birida.

Ayni paytda "Qalampir" nashri o‘z manbasiga tayangan holda bir hafta avval Anvar qori Tursunov yashagan mahallada va uning uyi atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilganini xabar qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etmoqda.

“Bugun soat 9:00dagi holataga ko‘ra Anvar qori Tursunov tirik. Biroq olimning ahvoli o‘ta og‘ir”, deb bildirgan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysi "Qalampir" nashriga.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov vafot etgani to‘g‘risidagi ilk mish-mishlar ijtimoiy tarmoqlarda 4 iyun kuni tarqalgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi o‘shanda ham bu xabarlar mutlaqo asossiz va yolg‘on ekanini bildirgan.

Ozodlik radiosi Anvar qori Tursunov insultga chalinib og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirgani, keyinroq komadan chiqqani to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qilgan edi.

60 yashar Anvar qori Tursunov Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazida 5 aprel kuni jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi.

XS
SM
MD
LG