Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:52

Homilador ayol militsiya zobiti do‘pposlagani to‘g‘risida arz qildi


Qashqadaryoning Kitob tumanida yashovchi 24 yoshli homilador ayol militsiya zobiti uni do‘pposlaganidan so‘ng shifoxonaga tushib qolgani haqida Ozodlikka shikoyat qildi. 
Qashqadaryoning Kitob tumanida yashovchi 24 yoshli homilador ayol militsiya zobiti uni do‘pposlaganidan so‘ng shifoxonaga tushib qolgani haqida Ozodlikka shikoyat qildi. 

Qashqadaryoning Kitob tumanida yashovchi 24 yoshli ayol militsiya zobiti uni joriy oyning birinchi kunida do‘pposlaganidan so‘ng shifoxonaga tushib qolganini Ozodlikka qilgan shikoyati davomida iddao qildi. Ayolning aytishicha, u qornidagi homilasidan ajralib qolish xavfini boshidan kechirgan.

Ozodlik Kitob tumani prokuraturasidan olgan ma’lumotga qaraganda, homilador ayolning da’vosini o‘rganilmoqda, uning kaltaklangani yuzasidan ekspertiza tekshiruvi ham o‘tkazilgan, lekin ​natijasi hozircha ma’lum emas. Kitob tumani IIBsi esa bu holatni Ozodlikka izohlashdan bosh tortdi.

O‘zini Latofat Rahimova deb tanishtirgan ayol Ozodlik bilan suhbatda 1 iyun kuni ota-onasi bilan Kitob tumani Ichki ishlar bo‘limiga borganida militsiya xodimlari bilan tortishib qolgani, oqibatda militsiya zobiti uni kaltaklaganini aytdi.

- Boshida ichkaridan qo‘riqchi chiqib, qo‘pol muomala qila boshladi-da menga. “Sal yumshoqroq muomala qilsa bo‘ladimi”, deganimni bilaman boshqa bir militsiya zobiti kelib, “sen nimaga bizni ishga aralashasan”, deb meni siltadi. “Siltamang meni, ahvolimni ko‘rib turibsizku”, desam yuzimga shapaloq tushirdi. Yotib qoldim, yerga yiqildim. “Seni hozir kameraga qamayman”, deb meni yerga sudradi. Shu paytda qornimdan suv keta boshladi. Ahvolim yomonlashganini bilishgach, militsiya xodimlari tez yordam chaqirtirib kasalxonaga jo‘natishdi, - deydi Rahimova.

Qashqadaryoning Kitob tumanida yashovchi 24 yoshli homilador ayol militsiya zobiti uni do‘pposlaganidan so‘ng shifoxonaga tushib qolgani haqida Ozodlikka shikoyat qildi.
Qashqadaryoning Kitob tumanida yashovchi 24 yoshli homilador ayol militsiya zobiti uni do‘pposlaganidan so‘ng shifoxonaga tushib qolgani haqida Ozodlikka shikoyat qildi.

Ozodlik Rahimova yotgan Kitob tumani Tibbiyot birlashmasiga qo‘ng‘iroq qildi.

Kasalxona shifokori kaltaklanish belgilari bilan bemor 1 iyun kuni olib kelingani, ahvoli "stabil" ekanini aytdi.

- Janjal bo‘ldi, itarvorishdi, yiqildim deb keldi. Qornidan suv ketib, og‘riq bilan, ugrojayushiy bilan keluvdi. Hamma yordamni ko‘rsatganimizdan keyin, og‘riqlari ketdi. Qo‘lida, ko‘zini tagida ko‘karish belgilari bor. Bolasi tinch, homila to‘qqiz oyga o‘tgan, nasib bo‘lsa sog‘-omon tug‘ib oladi, - dedi shifokor.

Kasalxona shifokori kaltaklanish belgilari bilan bemor 1 iyun kuni olib kelingani, ahvoli stabil ekanini aytdi.
Kasalxona shifokori kaltaklanish belgilari bilan bemor 1 iyun kuni olib kelingani, ahvoli stabil ekanini aytdi.

Ayolning otasi Ne’matulla Rahimov militsiya zobiti qizini kaltaklaganiga shaxsan guvoh bo‘lgani, bu yuzadan tuman prokuraturasiga arz qilganini aytdi.

- Hammasi mening ko‘z o‘ngimda bo‘ldi. O‘g‘limning ishi bo‘yicha militsiyaga kelgandik-da. O‘sha kuni bolalarni himoya qilish kunida markaziy ko‘chada yo‘llarni yopib qo‘yishgan, o‘g‘lim ruhsat etilmagan joydan mashinada o‘tgan ekan-da. Borsak mana shunaqa xolat bo‘ldi. Prokuraturaga shikoyat qilib bordik, arizani olib qolishdi, lekin hech qanaqa natija yo‘q. Melisadagilar endi o‘g‘lingga chatoq bo‘ladi, deb po‘pisa qilishyapti, - deydi Rahimov.

Kitob tuman prokuraturasi mulozimi, homilador ayolning da’vosi o‘rganilayotgani, uning kaltaklangani yuzasidan ekspertiza tekshiruvi o‘tkazilganini aytdi.

Lekin, mulozim tergov manfaatlari nuqtai nazaridan bu haqda Ozodlikka ma’lumot berolmasligini bildirdi.

Ozodlik ayolning iddaosi yuzasidan Kitob tumani Ichki ishlar boshqarmasiga ham telefon qildi.

Militsiya navbatchisi Ozodlik muxbiri savolini eshitgach, boshlig‘i bilan qisqa maslahatlashuvdan so‘ng telefonni qo‘yib qo‘ydi.

Militsiya hodimlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi insidentlar haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

O‘tgan oy Samarqand viloyatining Urgut shahrida yo‘l harakati xavfsizligi inspektori bir necha hamkasbi qurshovida yoshi keksaroq ko‘ringan haydovchiga kuch qo‘llab, uni yerga yotqizishga urinayotgani videosi Ozodlikda e’lon qilingan edi.

Shu yilning may oyi oxirida esa surxondaryolik fermer prokuratura xodimlari uni do‘pposlab, qovurg‘asini sindirgani haqda da’vo qilib, O‘zbekiston bosh prokuraturasi va O‘zbekiston prezidenti virtual qabulxonasiga shikoyat qilganidan 45 kun o‘tib mahalliy prokuratura fermerning o‘zini organ xodimiga qo‘l ko‘targanlikda ayblab, uning ustidan jinoyat ishi ochilgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG