Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:48

Apple shirkati o‘zi yuradigan avtomobillar loyihasi uchun odam yolladi


Apple shirkati logotipi.
Apple shirkati logotipi.

AQShning Apple shirkati o‘zi yuradigan avtomobillarga qiziqib kelayotgani sir emas. Shirkat yaqinda taniqli muhandis Jeymi Vaydoni ishga oldi.

Vaydo bundan avval avtonom avtomobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgan Waymo shirkatida hamda NASA kosmik agentligining reaktiv dvigatellar laboratoriyasida ishlagan.

Vaydoning sobiq hamkasblari u Waymo shirkatida o‘ta muhim rol o‘ynaganini aytishdi. Xususan, muhandis Waymo tayyorlagan prototiplar xavfsizligini tekshirgan. NASAda ishlagan paytida esa Marsoxod loyihasida qatnashgan.

Vaydo Apple shirkatida aynan nima ish qilishi hozircha noma’lum. Kuzatuvchilarning aytishicha, shirkat o‘z avtonom avtomobilini ishlab chiqishda xavfsizlikka alohida e’tibor qaratishga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Arizona shtatining Temp shahrida sinovdan o‘tkazilayotgan haydovchisiz boshqariladigan Uber avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan bir ayolni bosib ketgan edi.

Avvalroq Apple o‘zi yuradigan avtomobillar qurishi mumkinligi haqida gap-so‘z tarqalgan edi. Ammo mutaxassislar bunday loyiha hatto Appledek shirkat uchun ham oson bo‘lmasligini aytib keladi. Ayrimlar esa shirkat texnologiyani ishlab chiqib, litsenziya sotishni rejalashtirayotganini taxmin qilmoqda.

XS
SM
MD
LG