Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 15:18

OzodTA'SIR: Bosh prokuratura "Sizdan Telegram" ruknida chop etilgan murojaatni o‘rganib chiqdi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ozodlikning "Sizdan Telegram" ruknida 11 iyun kuni "NAVOIY – "Mahalla masjidi soxta hujjat asosida tadbirkorga berib yuborildi" deb chop etilgan murojaatni o‘rganib chiqqanini ma’lum qildi:

"MAʹLUMOTNOMA

Xatirchi tumani, "Yangirabot" MFY hududida yashovchi fuqarolarning "Norasmiy masjid" binosi prokuratura xodimi aralashuvi bilan tadbirkorga berib yuborilganligi haqida "Ozodlik" axborot vositasiga bergan maqolasida qayd qilingan holatlar o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Xatirchi tumani, “Yangirabot” MFY markazida joylashgan masjid binosi 1994 yilda qurilgan bo‘lib, Adliya boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tmaganligi va foydalanilmasdan turganligi sababli, tadbirkor S.Musaevni murojaati asosida tuman hokimining 29.04.2015 yildagi Q-373-sonli qarori bilan mazkur bino doimiy foydalanishga berilgan.

Xatirchi tuman hokimligi va mahalla tomonidan masjid binosi hujjatlarini tadbirkor S.Musaevga rasmiylashtirib berishda sansoslarlikka yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida, tadbirkorni og‘zaki murojaatiga asosan Xatirchi tuman sobiq prokuror yordamchisi A.Jo‘raev tomonidan 2015 yilning aprel oyida mas’ul shaxslarga hujjatlarni belgilangan tartibda qonuniy rasmiylashtirib berish haqida aytilgan.

Mazkur masjid binosi tadbirkor S.Musaevga qonuniy tarzda tuman hokimi qaroriga asosan doimiy foydalanishga berilganidan so‘ng, tadbirkor tomonidan 2018 yilgi dastur asosida qurilish ishlari bajarilib, tikuv sexi, makaron ishlab chiqarish sexi, salfetka va non ishlab chiqarish tsexlari uchun mo‘ljallangan uskunalarni bir qismi olib kelingan hamda dastlab 15 nafar, keyinchalik 30 nafargacha hudud aholisini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, masjid binosini tadbirkor S.Musaevga berilishi tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, qonuniyligi haqida xulosa qilingan.

Shu kabi, "Yangirabot" MFYning 27.04.2015 yilgi “masjid binosini vaqtincha foydalanishga berish haqida”gi bayonnoma soxtalashtirilganligi yuzasidan Xatirchi tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

Bundan tashqari, Xatirchi tumani, "Yangirabot" MFY aholisiga A.Navoiy massivi hududidagi zahira yerlardan masjid binosi qurish uchun tuman hokimining 04.06.2018 yildagi Q-1699-sonli qaroriga asosan 800 m2 yer maydoni ajratilishi ta’minlandi.

O‘rganishda, masjid binosini tadbirkor S.Musaevga doimiy foydalanishga berilishida Xatirchi tuman sobiq prokuror yordamchisi A.Jo‘raevni noqonuniy aralashganligi holati aniqlanmadi".

​O‘zbekiston va xalqaro hayotga oid eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli foto-video tasvirlarni Ozodlikning Instagram sahifasida kuzating!

******************************************************************************

Rezyume

"Sizdan Telegram" loyihasida Sizdan kelayotgan xabarlar, foto va videolar o‘rin oladi. Telegram, WhatsApp tarmog‘idagi raqamlarimiz: +420 724 971 539; +420 724 740 755. Elektron pochtamiz: ozodlikmail@gmail.com 60 yildan ziyod vaqt mobaynida xolis jurnalistika andazalari asosida faoliyat yuritayotgan Ozodlik radiosi, agar istasangiz, shaxsingiz sir qolishini kafolatlaydi. ******************************************************************************

Iltimos, "Sizdan Telegram" loyihasiga yuborayotgan xabaringizga, imkoni bo‘lsa, foto, video yoki boshqa hujjatlarni ilova qiling!​

XS
SM
MD
LG