Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:34

Zokir Aliev: Meni shartli qo‘yib yuborishdi, tergov hali tugamagan...


Qashqadaryo viloyatida 16 iyun kuni terrorizmda ayblanib, hibsga olingan va olti kun o‘tib ozodlikka chiqqan AQSh fuqarosi Zokir Aliev Ozodlik bilan suhbatda xalqaro terrorchi guruhlar safida bo‘lmagani, Afg‘onistonga ham bormaganini aytdi. Alievga ko‘ra, 22 iyun kuni hech qaerga chiqarmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan va uning ustidan tergov hali tugamagan.

Alievga qarshi konstitutsion tuzumga tajovuz, terrorizm va chegarani noqonuniy kesib o‘tish kabi harakatlarni ko‘zda tutadigan jami beshta ayblov ilgari surilgan.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati 17 iyun kuni 2014 yili AQSh fuqaroligini olgan Aliev dunyoning aksar davlatlari¸ xususan¸ AQShda xalqaro terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan “O‘zbekiston islomiy harakati”ga a’zolik aybi bilan qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi.

DXXning O‘zAga bildirishicha¸ Aliev “qo‘lga olish jaraënida noqonuniy faoliyatiga iqror bo‘lgan”.

Ammo Ozodlik bilan suhbatda Aliev qo‘yilgan ayblovni bo‘yniga olmaganini aytdi.

- Men dindan yiroq odamman. Dindor emasman, millatparvar insonman, - dedi Aliev.

Зокир Алиев билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:39 0:00
Бевосита линк

Alievning aytishicha, u 22 iyun kuni hech qaerga chiqarmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan va uning ustidan tergov hali tugamagan.

- So‘roqqa borib turaman. Hozir menga to‘qson kunga viza berishgan, shu muddat ichida jarayon tugashiga va AQShga qaytib ketishga umid qilib turibman, - dedi Aliev.

Hozir AQSh fuqarosi bo‘lgan asli chiroqchilik Zokir Aliev Prezident Mirziyoev chetdagi o‘zbeklarni vatanga qaytishga chorlaganiga ishonib O‘zbekistonga qaytganini aytdi.

- Hayitni qarindoshlarim bilan birga nishonlash uchun kelgandim. O‘zbekiston vizasini to‘rt oy kutdim. Kelishim bilan olib ketishdi, hibsda qandaydir odamlar bilan yuzlashtirishdi, ular meni Afg‘onistonda ko‘rganliklarini aytishdi, lekin men Afg‘onistonda bo‘lmaganman, - dedi Zokir Aliev.

Oldinroq Prezident Mirziyoevning va’dasiga ishonib O‘zbekistonga borgan bir necha kishi qo‘lga olingani va ustidan jinoyat ishi ochilgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG