"Sizdan Telegram" ruknida 1 iyun kuni kosonlik mushtariyning shikoyatini chop etgan edik. Shikoyatda 28 ta xonadon egalari ko‘chaga haydalayotgani iddao qilingan edi. 10 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda kosonlik mushtariy yo‘llagan shikoyat yuzasidan O‘zMTRK tayyorlagan maxsus ko‘rsatuvi tarqaldi. Unda mutasaddilar xonadon egalari uchrashgani, Ozodlikka kelgan shikoyat o‘z tasdig‘ini topmagani aytilgan.
Quyida Ozodlikning "Sizdan Telegram" ruknida e’lon qilingan shikoyat:
KOSON. "Qashqadayo viloyati Koson tumanidan yozmoqdaman. 5-mikrorayonda yashab kelgan 28 ta xonadon ko‘chaga haydalmoqda. Ular istiqomat qilgan joy sotib yuborilgan. Endi esa mahalla raisi uylarni bo‘shatinglar, deya odamlarni hol-joniga qo‘ymayapti. Bechora qo‘li kalta oilalar qaerda yashaydi, axir? Mahalliy rahbarlarga arz qilishdi – foydasi yo‘q. Toshkentga, Prezident devoniga shikoyatga borishmoqchi edi, ammo yo‘lkira topa olishmayapti. Ushbu murojaatni mas’ul rahbarlar o‘qiyotgan bo‘lsa, 28 ta oilaga ko‘mak bersin!"
Bu esa, O‘zMTRK tayyorlagan lavha:
O‘zbekiston va xalqaro hayotga oid eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli foto-video tasvirlarni Ozodlikning Instagram sahifasida kuzating!
******************************************************************************
Rezyume"Sizdan Telegram" loyihasida Sizdan kelayotgan xabarlar, foto va videolar o‘rin oladi. Telegram, WhatsApp tarmog‘idagi raqamlarimiz: +420 724 971 539; +420 724 740 755. Elektron pochtamiz: ozodlikmail@gmail.com 60 yildan ziyod vaqt mobaynida xolis jurnalistika andazalari asosida faoliyat yuritayotgan Ozodlik radiosi, agar istasangiz, shaxsingiz sir qolishini kafolatlaydi. ****************************************************************************** Iltimos, "Sizdan Telegram" loyihasiga yuborayotgan xabaringizga, imkoni bo‘lsa, foto, video yoki boshqa hujjatlarni ilova qiling! |