Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:46

O‘zbek sayyohi: "Moskvaga oyog‘im tegishi bilanoq politsiya ushladi!" (VIDEO)


Rossiya politsiyachilari migratsiya qoidalarini o‘zlari uchun qulay shaklda talqin qilmoqda.
Rossiya politsiyachilari migratsiya qoidalarini o‘zlari uchun qulay shaklda talqin qilmoqda.

Moskvaga sayyoh sifatida o‘z avtomobilida kelgan o‘zbekistonlik 21 yoshli talaba shaharga kirmasdanoq mahalliy politsiyachilar tomonidan ushlandi. Politsiya bo‘limiga olib ketilgan navoiylik Muhammadali Hamroev “1 sutkada yashash joyi bo‘yicha migratsiya qaydiga turmaganlikda” ayblandi.

Ozodlik muxbiri Hamroev politsiya tomonidan ushlanganiga shaxsan guvoh bo‘ldi. Huquq faoli Valentina Chupik va Ozodlik jurnalistlari aralashuvidan keyin Julebino tuman politsiya bo‘limi navbatchi ofitseri o‘zbekistonlik sayyoh politsiyachilar tomonidan nohaq ushlanganini tan oldi.​

2018 yil, 5 iyul, kechki soat 11 larda Moskvaning janubidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shohobchasiga benzin quyib olish uchun to‘xtagan to‘rt nafar o‘zbekistonlik muhojir “PPS” mashinasida yurgan mahalliy politsiyachilar tomonidan to‘xtatildi.

Post-patrul xizmati xodimlari o‘zbek muhojirlaridan hujjat ko‘rsatishni so‘radi.

Qo‘liga hujjatlarni olgan politsiyachi ulardan birining “registratsiyasi yo‘qligi uchun" uni bo‘limga olib ketishini bildirdi.

21 yashar Muhammadali Hamroev Navoiy viloyatining Zarafshon shahridan. U Toshkent davlat texnika universitetining 1- bosqich talabasidir.

Bo‘lajak injener - futbol ishqibozi. U Rossiyadagi Jahon chempionati o‘yinlarini tomosha qilish va bir yo‘la Rossiyada mehnat muhojirligida yurgan otasi bilan uchrashishni rejalashtirib, Moskvaga kelganini Ozodlikka so‘zlab berdi.

- Aylanish, dadamlarni ko‘rish va universitetlar magistraturasini surishtirish edi maqsadim, deydi muhojir yigit.

Muhammadali O‘zbekistondan Moskvaga yo‘lga chiqib, 4 iyul kuni Qozog‘iston va Rossiya chegarasini kesib o‘tdi.

Biroq, Moskvaga yetib kelgan va benzin sotib olish uchun AYoQShga kirgan o‘zbek sayyohi politsiyachilar tomonidan migratsiya qoidasini buzganlikda ayblanib, ushlab qolindi.

- Kelayotganimda dadamlar bilan telefonlashib keldik. Dadam kutib oldilar meni. Kutib olayotganilarida Moskvaga oyog‘imni qo‘ydimki, darrov melisalar kelib, dokumentlarni so‘rab, bizlarni olib ketdi. “Sen Rossiyaga kelibsan, lekin registratsiyadan o‘tmagan ekansan”, dedi. Bizlar registratsiyadan o‘tish vaqti 3 kun deb o‘yladik. Ular aytdi “Bir sutka davomida o‘tilishi kerak!”, deb meni politsiyaga olib keldi, - dedi Muhammadali.

Ozodlik muxbirlari o‘zbek muhojirlarining politsiya tomonidan to‘xtatilganiga guvoh bo‘ldi.

Ўзбек муҳожири: "Москвага келишимиз биланоқ полиция бизни ушлади"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:03 0:00

Jurnalistlar so‘roviga Julebino post-patrul xizmati xodimlari sayyohning olib ketilayotgani sabablarini bunday tushuntirishga urindi:

- Ha, biz uni otdelga olib borish uchun ushlab qoldik. Prezidentning 202-qaroriga muvofiq qo‘lga oldik. U 4 iyul kuni kirib kelgan, shu sababli o‘sha kuniyoq qaydga turishi kerak edi,- dedi prezidentning bu qarori bekor qilingani va 1 sutka ichida qaydga turish qoidasi jamoatchilik bosimi ostida bekor qilinganidan bexabarligini aytgan politsiyachi.

Julebino politsiya bo‘limiga olib ketilgan o‘zbekistonliklarga haqiqatan “1 sutkada qaydga turish qoidasi” buzilgani aybi qo‘yildi. Bundan oldinroq Ozodlik Rossiya hukumati futbol chempionati o‘tayotgan shaharlarda qaydga turish muhlatini 3 sutkaga uzaytirilgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Huquq faoli Valentina Chupik va Ozodlik jurnalistlari aralashuvidan keyin Julebino tuman politsiya bo‘limi navbatchi ofitseri o‘zbekistonlik sayyoh politsiyachilar tomonidan nohaq ushlanganini tan oldi.

Nihoyat politsiya bo‘limida o‘zbekistonlik sayyoh Muhammadali Hamroevdan barmoq izlari olinib, u qo‘yib yuborildi.

Ota-o‘g‘il Hamroevlar huquq faollari va jurnalistlar aralashmaganda Muhammadali 5 ming rublga jarimaga tortilib, deportatsiya qilinishi mumkin edi, deydi.

- Agar sizlar bo‘lmaganingizda o‘g‘limni yo deport qilardi, yo katta shtraf yozardi, dedi navoiylik Mustafo Hamroev.

Ozodlik Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yil, 12 mayda imzolagan 214- qarorga muvofiq, endi chet elliklarga qaydga turish uchun 3 sutka vaqt berilishi va “Registratsiya” qog‘ozini faqat Ichki ishlar bo‘limlari yoki Ko‘p tarmoqli markazlarida (MFTs) olishi mumkinligi to‘g‘risida xabar bergandi.

Ilgariroq Rossiya politsiyasi mamlakatda 15 iyundan 15 iyulgacha o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati doirasida migratsiya qaydiga turish muhlatini 1 sutka vaqt bilan belgilagan edi.

Ayni damda, Rossiyaning 11 shahrida va boshqa mintaqalarda politsiya kuchaytirilgan rejimda ishlayotgani ma’lum.

XS
SM
MD
LG