Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:48

Erdo‘g‘on: Sentabr oyida Suriya masalasida sammit o‘tkazamiz


Turkiya sentabr oyida Suriya konflikti hamda mintaqadagi boshqa masalalarni muhokama qilish uchun Fransiya, Germaniya hamda Rossiya ishtirokida sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Turk matbuoti 29 iyul kuni tarqatgan xabarlarda yozilishicha, Erdo‘g‘on uchrashuv 7 sentabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishini aytgan.

Prezident sammit kun tartibi tafsilotlarini ochiqlamagan, ammo Anqara “ushbu to‘rtlik tashqarisida Rossiya bilan dialog olib borishda davom etishini” aytgan.

Rasmiy Moskva, Parij yoki Berlin sammitda qatnashishini hali tasdiqlagani yo‘q.

Rossiya Eron bilan bir qatorda Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab keladi. Yetti yildan beri to‘xtamayotgan urush yuz minglab odam umriga zomin bo‘ldi.

Turkiya, Fransiya va Germaniya Suriyada boshqa-boshqa isyonchi guruhlarni dastaklab keladi.

Hafta boshida Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Janubiy Afrikada uchrashgan edi.

27 iyul kuni Janubiy Afrikada BRICS sammiti boshlandi. Bu guruh Rossiya va Janubiy Afrikadan tashqari Braziliya, Hindiston va Xitoyni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Erdo‘g‘on yaqin kelajakda Putin hamda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan Tehronda uchrashishini aytdi.

Oxirgi marta bu uch yetakchi aprel oyida Anqarada uchrashgan edi.

O‘shanda Turkiya, Rossiya va Eron prezidentlari Suriyada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirishga kelishib olgan edi.

Suriya konfliktida turli taraflarni dastaklab kelayotgan Turkiya, Rossiya va Eron ushbu mavzuda muzokaralarni o‘tgan yilda Qozog‘iston poytaxti Ostonada boshlagan edi.

Ostana jarayoni doirasida 30-31 iyulda Rossiyaning Sochi shahrida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG