Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:33

Chimkentlik mehmon: Sergeli bozorida tovlamachilar va uchastka noziri bizni chuv tushirdi


Sergeli mashina bozori
Sergeli mashina bozori

Qozog‘istonning Chimkent shahrida yashaydigan tinglovchining OzodMikrofonga arz qilishicha, ularni Toshkentning Sergeli tumanidagi avtomobil bozorida uyushgan tovlamachilar guruhi zo‘rlik bilan pulini tortib olgan.

“Biz Toshkentga mehmonga kelgan edik. Mashinaga ballon olaylik deb, Sergelidagi bozorga borganimizda, uch-to‘rt yigit kelib, “aka, mashinangizning bamperida remont qiladigan joyi bor ekan, arzimagan 20 ming so‘mga zapchastlari bilan qilib beramiz. Yo‘q demang, biz ishsizmiz, sizdan yordam bo‘ladi”, deb aytishdi. Ha, mayli deb, rozi bo‘ldik. Lekin ular ishni qilib bo‘lganidan keyin 100 AQSh dollari berasizlar, deb turib oldi. Axir biz bunchaga kelishmagandikku, desam, shuncha bo‘ldi zapchastlari bilan, tamom vassalom”, deb turib olishdi. Bo‘lmasa zapchastlaringni yechib olinglar, kerak emas, desam zo‘ravonlikka o‘tishdi. O‘sha yerdagi uchastka noziri ham ularning yonini olib, pulni to‘lashimizni talab qildi. Bizning gapimizga quloq solmadi. Ularning hammasini tili bir ekan. Majbur to‘lab, chiqib ketdik”, deydi qozog‘istonlik o‘zbek.

Mehmon O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga murojaat qilib:

“Uchastka nozirlaringiz tovlamachilar bilan qo‘shilib mehmonlarni talamasin”, deydi.

Қозоғистонлик меҳмон: Бизни Сергели бозорида товламачилар ва участка нозири чув туширди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:13 0:00
Бевосита линк

................................................................................

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG