Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:47

Turkiya lirasi nima uchun qadrsizlanayapti?


O‘tgan hafta misli ko‘rilmagan darajada qadrsizlangan turk lirasi dushanba kuni dollarga nisbatan yana 7 foizga arzonladi.

Xo‘sh, nima sababdan iqtisodiy dinamikasi va qulay geografik joylashuvi olqishlanib kelingan davlat milliy valyutasi bunday muammoga duchor bo‘ldi?

Ushbu muammo kelib chiqishida mamlakat iqtisodini 15 yillik hukmronligi davomida tubdan o‘zgartirganini iddao qilib kelayotgan Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘on hukumatining roli qanday?

Lira nima uchun qadrsizlanayapti?

Turk lirasi eng yomon natija ko‘rsatayotgan yirik valyutalardan biriga aylandi. O‘tgan yilga solishtirganda, ushbu valyuta 40 foizga qadrsizlandi. Besh yil oldingi kurslar esa lira qanchalik tez suratda qadrsizlanganini ko‘rsatadi: besh yil oldin bir dollar 2 liraga teng bo‘lgan bo‘lsa, dushanba kuni bir dollar 6,9 liraga sotildi.

Turkiya valyutasi zaifligining bir necha sababi bor. Keyingi haftalarda Turkiya va AQSh o‘rtasidagi tortishuvlar barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi. AQSh Davlat departamenti Turkiya shimoliy karolinalik pastorni qo‘lga olgani uchun mamlakatga qarshi sanksiyalarni joriy qildi. Bu holat birja bozorlarini xavotirga soldi. O‘tgan haftada ushbu masalani hal qilish uchun Vashingtonda o‘tkazilgan muzokaralar samarasiz yakunlandi.

Amerikalik pastor lira muammolarining yagona sababchisimi?

Yo‘q. Turkiyada milliy valyuta qadrsizlanishiga olib kelgan boshqa sabablar ham bor.

Mamlakat asosan qisqa muddatli xorij sarmoyalariga tayangan holda rivojlanib keladi. Buning sabablaridan biri sarmoyachilarning Turkiya va boshqa rivojlanayotgan iqtisodlarda ko‘proq daromad izlashiga turtki bo‘lgan AQSh va Yevropa davlatlarining pul siyosatidir.

Ayrim tahlilchilar Turkiya rivojlangan iqtisodlar tomonidan o‘z aktivlari yirik miqdorda sotib olinishidan foydalanib kelayotganini aytib keladi. Ammo Yevropa va AQShda pul-kredit siyosati o‘zgarar ekan, Turkiya o‘ziga kerak bo‘lgan jamg‘armalarni osonlikcha qo‘lga kirita olmayapti.

Bu mablag‘lar ko‘lami esa juda katta.

ABN hisobotida investorlar Turkiya tashqi manbalarda ko‘zlangan 218 milliard dollar kapitalni topa olmasligidan xavotirda ekanligi aytiladi. Bu mablag‘lar turk shirkatlarining xorij valyutasidagi qarzini hamda mamlakatning yirik joriy hisob balansi defitsitini qoplash uchun kerak.

Sarmoyachilar nima qilinishi kerak degan o‘yda?

Qator investorlar Turkiya hukumatini mamlakatdagi iste’mol ko‘lamini ozaytirib, qurilishga tayangan iqtisodini sekinlatishga chorlab keladi.

Ularga ko‘ra, soliqlarni oshirish hamda xarajatlarni ozaytirish hisob balansi defitsitini ozaytirishi mumkin. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotning 5 foizidan ko‘proq. Turkiya hukumati investorlar aytgandek ish tutsa, mamlakatning xorijiy kapitalga bo‘lgan qaramligi ozayadi. Iqtisodni sekinlatish esa inflyatsiyani sekinlatishi mumkin. Hozirda mamalakatda inflyatsiya 15 foizga teng.

Bank foiz stavkalarini oshirish esa inflyatsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashishi yoki lira qadrsizlanishini to‘xtatishi mumkin. Dollar va evroda qarz olgan turk shirkatlari uchun bunday holat qo‘l keladi¸ xolos.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning moliyaviy bo‘lmagan shirkatlarining xorij valyutasidagi majburiyatlari ularning xorij valyutasidagi aktivlaridan 200 milliard dollarga ko‘p. Keyingi 12 oy ichida moliyaviy bo‘lmagan xususiy tizimlar xorijiy valyutada 66 milliard dollar qarzni to‘lashi yoki kechiktirishi kerak bo‘ladi. Turkiya banklari uchun esa bu ko‘rsatkich 76 milliard dollarga teng.

Erdog‘o‘n bu fikrlarga qo‘shiladimi?

Bugunga qadar Turkiya prezidenti iqtisodni “qayta balanslash” kerakligiga ishonmay keladi.

Uning hukumati ayrim choralarni ko‘rdi. Ammo prezident 2016 yilgi to‘ntarish urinishidan keyin iqtisodni sekinlatishga yoki foiz stavkalarini oshirishga oshiqmay keladi. Prezident yuqori foiz stavkalarini “barcha yovuzlikning ota-onasi” deya qoralab keladi.

Turkiya avtoritarizm qa’riga tushib borayotganining hozirgi tanazzulga ta’siri bormi?

Erdog‘o‘n muvafaqqiyatsiz yakunlangan to‘ntarish urinishi ortidan keskin choralarni ko‘ra boshladi. O‘tgan yili o‘tkazilgan referendumda u o‘z vakolatlarini oshirdi.

Liraning keyingi yildagi ahvoli investorlar bu o‘zgarishlardan mamnun emasligini ko‘rsatadi.

XS
SM
MD
LG