Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:50

Peterburgda kaltaklangan va zo‘rlangan o‘zbekistonlik ayol shifoxonadan o‘g‘irlab ketildi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bir guruh o‘zbekistonliklar tomonidan zo‘rlangani aytilayotgan ayolni kasalxonadan o‘g‘irlashda gumon qilinib, o‘zbekistonlik ikki ayol va tojikistonlik bir erkak hibsga olindi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiysi 4 avgust kuni 25 yashar bu ayol mehmonxonalardan birida 4 o‘zbek muhojiri tomonidan zo‘rlangani va 3- qavatdan pastga otib yuborilgani to‘g‘risida bayonot bergan edi.

Peterburgning Nevskiy tumanidagi mehmonxonalardan birida joriy yilning 4 avgustida avval zo‘rlangani, keyin 3- qavatdan pastga tashlab yuborilgani aytilayotgan o‘zbekistonlik 1993 yilda tug‘ilgan Sh. ismli ayol bilan bog‘liq mojaro yangi tus oldi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha boshqarmasi rasmiysining Ozodlikka bildirishicha, mahalliy shifoxonalardan birida og‘ir jarohatlar bilan yotgan o‘zbekistonlik 25 yashar bu ayol o‘g‘irlab ketilgan.

Tergov qo‘mitasi rasmiysi Sergey Kapitonov hodisadan bir kun o‘tib politsiya behush holatda bo‘lgan bu ayolni o‘g‘irlaganlarni hibsga olganini ma’lum qildi.

- 2018 yilning 7 avgustida 1988 yilda tug‘ilgan Tojikiston grajdani va 1983 yilda va 1971 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik ikki ayol – ulardan biri yuqorida zo‘rlash bilan bog‘liq ish yuzasidan jinoiy javobgarlikka tortilgan yigitlarning yaqini ekani ma’lum bo‘ldi – jabrlanuvchi ayolga bosim o‘tkazish maqsadida u davolanayotgan tibbiy muassasa hududiga kiradi. Ular ayolni aldab, shifoxonadan chiqish to‘g‘risidagi hujjatlarga imzo chektirib, uning xohishiga xilof ravishda aravachada mashinaga olib borib ortgan. Behush holatga tushgan ayolni ayblanuvchilar Nevskiy tumanidagi Antonova-Ovseenko ko‘chasidagi kvartiralaridan biriga olib keladi va o‘sha yerda garovda saqlaydi, dedi Tergov qo‘mitasi vakili.

Hibsga olingan bu guruh a’zolariga Rossiya Federatsiya Jinoyat Kodeksining 126- moddasi, 2- qismi (Odam o‘g‘irlash) asosida jinoyat ishi ochildi.

Ozodlikka Ismoilov ekani ma’lum bo‘lgan tojikistonlik ayblanuvchi qurilishda ishlab kelgani va uni hibsga olgani kelgan politsiyadan qochaman deb, bir soat botqoqda o‘tirgani aytildi. So‘roq paytida u o‘zbekistonlik ayollar undan shu ayolni shifoxonadan olib chiqishga ko‘maklashishni so‘raganini bildirdi.

Bu voqeadan 3 kun oldin, 5 avgustga o‘tar kechasi, 19 dan 25 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar O‘zbekiston vatandoshi Peterburgning Bolьsheviklar prospektidagi “Belie nochi” mehmonxonasida 1993 yilda tug‘ilgan ayolni guruh bo‘lib kaltaklab, zo‘rlab, nomerdan pastga otib yuborgani to‘g‘risida politsiya bayonot bergan.

Bir qancha joyi singan va boshqa og‘ir jarohat olgan muhojir ayol baxtli tasodif tufayli tirik qolgan va shaharning Aleksandrovskiy shifoxonasiga olib ketilgan.

Mast holatda bo‘lgan o‘zbek migrantlari esa 6 avgust kuni qo‘lga olingan edi.

Tergovchilar to‘rt nafar o‘zbekistonlik hozirda “zo‘rlash”, “qotillikka urinish” va “jinsiy tajovuz” kabi og‘ir sanalgan moddalar asosida javobgarlikka tortilganini Ozodlikka bildirishdi.

Politsiya xodimlari qutqarilgan o‘zbekistonlik jabrlanuvchi ayol politsiya nazorati ostida shaharning joylashuvi sir saqlanayotgan shifoxonalaridan birida davolanishni davom etayotganini bildirishdi.

XS
SM
MD
LG