Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:39

"Domodedovo"da ikki kun qolib ketgan yo‘lovchilar Toshkentga boshqa uchoqda keldi (VIDEO)


19 avgust kuni elektronikasidagi nosozlik tufayli Moskvaning «Domodedovo» aeroportidan Toshkentga ucha olmagan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga qarashli samolyot o‘rniga 21 avgust, soat 00:30 Toshkentga qarab boshqa uchoq uchdi.

Xabar qilinishicha, uchoq 19 avgust kuni Moskva vaqti bilan soat 22:45 da uchishi kerak bo‘lgan, lekin uchuvchilar bort elektronikasini yoqa olmagan.

Shu tariqa, 602-chi bort bir kecha-kunduzdan ortiq vaqt ushlab turilganidan keyin, nosozliklari bartaraf etilmagan va yo‘lga boshqa uchoq chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.

Kechiktirilgan reys yo‘lovchilaridan biri, toshkentlik jurnalist Timur Karpovning aytishicha, ayrim yo‘lovchilar kichkinagina kutish zalida, qolgan yo‘lovchilar biznes-zalda o‘tirgani, yana bir necha kishi - asosan qariyalar va bolalilar - mehmonxonaga joylashtirilgan.

Feysbukdagi yo‘lovchilar qoldirgan izohlardan birida yaqinda Toshkentdan uchib kelgan samolyot bort kompьyuteri uchun kerakli ehtiyoj qismini olib kelgani aytiladi.

Yo‘lovchilarga oradan sakkiz soat o‘tgandan keyingina ertalab 7 da nonushta taklif qilingan.

«O‘HY (O‘zbekiston havo yo‘llari-tahr.) vakillari dastlab savollarga qo‘pol ravishda javob berishdi, keyin passajirlardan aeroport binosini tark etishni so‘radilar. Qariya va bolalar mehmonxonaga joylashtirildi, qolganlar kutish zalida samolyot ta’mirlanishini kutib o‘tiribdilar. Servisga gap bo‘lishi mumkin emas)))», – deb kinoyali izoh qoldirgan yo‘lovchilardan biri.

Domodedovo aeroportida o‘z reysini kutib qolgan yo‘lovchilar aviashirkat vakillarini qurshab oldi va ma’lumot berishni so‘rab, besamar urinib ko‘rdi.

Toshkentga uchayotgan ayrim yo‘lovchilar aviatashuvchini sudga berishini bildirdi.

Biroz vaqtdan keyin milliy aviakompaniya saytida rasmiy bayonot paydo bo‘ldi:

“Aviakompaniya mutaxassislari havo kemasining dasturlash ta’minotida nosozliklarni bartaraf qilish ustida ishlashmoqda. Yo‘lovchilarni olib chiqish uchun 20 avgust kuni aviakompaniya tomonidan Domodedovodan Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys mahalliy vaqt bilan 23:15 uchib ketadi, deyiladi “noqulayliklar yaratilgani uchun” yo‘lovchilardan kechirim so‘ralgan bayonotda.

Hozirda o‘zbek muhojirlari “Domodedovo” aeroportidan o‘z manziliga jo‘natib yuborilganini aeroport ma’muriyati ham tasdiqladi.

Bundan oldinroq, 22 avgust kuni, “O‘zbekiston Havo yo‘llari”ga qarashli Istanbuldan uchib kelayotgan Boeing 767 uchog‘ining Toshkent shahriga qo‘nayotganida tormoz tizimi ishdan chiqib, favqulodda holat yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

XS
SM
MD
LG