Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:47

Yangiyo‘lda Qurbon hayiti kuni er xotinini pichoqlab o‘ldirdi (VIDEO)


Янгийўлда Қурбон ҳайити куни эр хотинини пичоқлаб ўлдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:35 0:00

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida er xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Hodisa Yangiyo‘ldagi "Sherdor" to‘yxonasiga yaqin mahalladagi xonadonlardan birida, 21 avgust kuni sodir bo‘ldi. Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, 35 yoshli fermer jahl ustida xotinini bo‘g‘izlagan, bir necha pichoq zarbidan ayol voqea joyida jon bergan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodan ayon bo‘lishicha er xotinini jahl ustida o‘ldirib qo‘ygani anglashiladi.

Uydagi baqir-chaqirdan voqea sodir bo‘lgan joyga yugurib kelgan qo‘shnilar yerda qonga belanib yotgan ayolni ko‘rishadi.

- Pichoq urdingizmi, bekor qilibsiz, yosh qiz ekan, Hayit kuni ham shunaqa qiladimi, - deydi qo‘shnilardan biri xotinini piqchoqlaganiga ishonilayotgan erkakka qarata.

Qo‘shnilar yerda yotgan ayolga yordam bermoqchi bo‘lishadi, lekin ayol tepasida turgan erkak “uje pozdno, melisaga aytinglar bo‘ldi”, deydi.

Erkak nima maqsadda bu qotillikka qo‘l urgani ma’lum emas.

Yangiyo‘l tuman Ichki ishlar bo‘limi mulozimining Ozodlikka aytishicha, xotinini pichoqlaganlikda gumonlanayotgan 1983 yilda tug‘ilgan erkak hibsga olingan, unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

- Oilaviy janjal oqibatida xotinini pichoqlagan. Hozir surishtiruv ketyapti,- dedi Yangiyo‘l tumani IIBsi mulozimi.

Qotillik ro‘y bergan xonadon qo‘shnilarining Ozodlikka aytishicha, er-xotin 3 va 5 yoshli farzandi bilan bir necha oy oldin Surxondaryodan Yangiyo‘lga ko‘chib kelgan va ijarada yashab kelishgan.

- Oilaviy ahvoli yaxshi bo‘lmaganidan bular shu yerga ish izlab kelishgan-da. Hozir onasi o‘ldi, er qamoqda, ikki norasida yetim qoldi. Ularning bu yerda hech kimi yo‘q ekan. Surxondaryodagi qarindoshlariga xabar berdik, ayol jasadini va bolalarni olib ketishadigan bo‘ldi, - deydi qotillik ro‘y bergan xonadon qo‘shnisi.

O‘zbekistonda oila janjal oqibatida er xotinini ona farzandlarini so‘yib qo‘ygani xolatlari haqida Ozodlik xabar bergan.

O‘tgan yil Xorazmda ayol 7 va 10 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirgan edi.

2017 yil avgustida Samarqandning Toyloq tumanda esa er xotinini o‘ldirib, jasadini hali qurib bitkazilmagan do‘kon uchun tayyorlangan xonaning burchagida bir metr chuqur qazib, ko‘mgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Xorazmning Shovot tumanida esa o‘tgan yil noyabr oyida 36 yoshli erkak o‘z turmush o‘rtog‘ini qishloq chekkasidagi dalaga olib borib, pichoqlab o‘ldirib, keyin ustiga benzin sepib yoqib yuborgandi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilda oilaviy janjal oqibatida er xotinini, xotin erini o‘ldirgani bilan bog‘liq yetmishdan ziyod xolat qayd etilgan.

Shulardan 61 tasida er xotinini, 10 tasida esa, xotin erini o‘ldirgan.

XS
SM
MD
LG