Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:44

Yosh ayol bilan intim videosi tarqalgan urganchlik mulla militsiyani shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda aybladi


Ёш аëл билан интим видеоси тарқалган урганчлик мулла милицияни шахсий ҳаётига дахл қилганликда айблади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00

Yosh qiz bilan intim videosi tarqalgan 61 yoshli xorazmlik mulla Abduhamid Otajonov Ozodlik bilan suhbatda Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlarini o‘z shaxsiy hayotiga daxl qilib, olti yil avval olingan videoni ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborganlikda aybladi. ​

Keksa yoshli erkakning eski kitoblar qo‘yilgan xontaxta yonida qip-yalang‘och ahvolda yosh ayol bilan intim holatda o‘tirgani aks etgan video o‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqadi.

Videoda¸ erkak va ayol ustiga bostirib kirib borgan yigitlarning ularga videokamerani qaratib¸ so‘roqqa tutgani aks etadi.

Bunga javoban ayol ichki kiyimlarini qayta kiya boshlasa¸ erkak kirib kelganlarni shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblay boshlaydi.

Urganchlik mulla Abduhamid Otajonov Ozodlik bilan suhbatda vidodagi shaxs o‘zi ekanini tasdiqlar ekan¸ bu voqeaning olti yil avval bo‘lgani, o‘shanda ikki nafar militsiya xodimi uyi eshigini buzib, ustiga bostirib kirgani va videoga olganini aytadi:

- 2012 yilda bo‘lgandi bu ish. Mening xotinim yo‘q. Hech qanday jinoyat qilganim yo‘q, o‘z uyimda yotibman. Uyda yotish mumkin emasmi? Mullalarga mumkin emasmi bu ishni qilish? Xotinim yo‘q bo‘lgani uchun¸ noilojlikdan qildim. Bu qiz mening uyimga o‘zi kelgan, majburlab olib kelmadim. "Xotiningiz yo‘q ekan, o‘zim massaj qilaman, kiringizni yuvib beraman", deb yurdi¸ keyin shu ish bo‘ldi. Lekin bular ustimga bostirib kirib, videoga olishdi. 2012 yilda bu gap tamom bo‘lgandi. Endi olti yil oldin olingan videoni tarqatib yuborishibdi, - deydi Abduhamid Otajonov.

Urganchlik mulla uyiga bostirib borganlarni, beruxsat videoga olib ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborganlarni o‘z shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblaydi:

- Militsiyada saqlanib turgan video qanday qilib chiqib ketayapti? Militsiya arxividagi videoni kim borib chiqarib yubora oladi? Militsiyadan boshqa bu videoni kim chiqarib yubora oladi? Kecha militsiyadan meni qo‘rqitib, "Ichki ishlarga da’vom yo‘q", deb yozib berasan deyishayapti. Da’vom yo‘q bo‘lsa¸ meni kim chiqardi, devor oldimi videoga? Yo osmondan kelib o‘zga planetaliklar chiqardimi? 2012 yilda bo‘lgandiku bu! Men hozir militsiyadan shu videoni tarqatib yuborganlarni aniqlab, jazolashni talab qilaman. Mendek bir qariyani ustiga bostirib kelguncha o‘g‘ri-muttahamlarni ushlashsa bo‘ladiku bular. Militsiya qilgan bu ish uchun kerak bo‘lsa o‘zimni o‘zim o‘ldirishga ham tayyor turibman. Militsiyani bu qilgan ishini hamma joyga yozaman, keyin o‘limim uchun javob berishsin bular, - deydi Ozodlik bilan videosuhbatda Otajonov.

Ayni paytda¸ Otajonov o‘z shaxsiy hayotiga ketma-ket ikki marta qo‘pol ravishda daxl qilgan militsiya xodimlarining shaxsini bilmasligi¸ ammo ularning Urganch shahar IIB rasmiylari ekanini reyd paytidagi hujjatidan bilganini aytadi.

Ozodlik 23-28 avgust oralig‘ida Urganch shahar IIB rasmiylari bilan bog‘lanib¸ voqeaga munosabat bildirishni so‘radi. "O‘zimiz qaytib telefon qilamiz"¸ degan shahar militsiyasi rasmiylari hozircha Ozodlikka bog‘langani va Otajonov ayblovlari yuzasidan izoh bergani yo‘q.

Urganchlik kuf-sufchi mulla

Mulla va yosh ayol intim holatda o‘tirgan xonadagi xontaxta ustida eski kitoblar bilan oq salla turganini ko‘rish mumkin.

Kitoblar haqida so‘ralganda mulla ularning ota-bobosidan qolgan kitoblar ekanini aytadi.

"Ota-bobomdan qolgan qadimiy kitoblar, tegma kitoblarga shol bo‘lasan,"- deydi domla yalang‘och badanining pastki qismini ro‘mol bilan o‘ray turib.

Videoni olayotgan erkak esa: "Men shol bo‘lamanmi yo ishni qilgan siz shol bo‘lasizmi", deya javob qiladi.

Ozodlik suhbatlashgan ayrim urganchliklar videodagi domla tug‘mas ayollarga dam solish bilan butun viloyatga dong‘i ketgan "kuf-sufchi" mulla ekanini aytishdi.

Ozodlikning Facebook sahifasiga murojaat qilgan bir necha ayol ayni mullaning uyiga shifo izlab borgani va jinsiy tegajog‘likka uchraganini iddao qildi.

Abduhamid Otajonov bu iddaolarni keskin rad qildi. Mulla Ozodlik bilan suhbatda o‘tmishda odamlarga dam solish bilan shug‘ullangani, lekin bepusht ayollar hech qachon mijozi bo‘lmaganini aytdi:

- Meni bepusht ayollarga dam soladi, deb chiqishibdi, bo‘lmagan gap. To‘g‘ri, mening otam xo‘jalardan, eshonlardan bo‘lgan, mulla o‘tgan. Bizga yosh paytimizda o‘rgatgan arabcha o‘qishni. Arabchani bilaman. Shuning uchun ziyoni tutganlar, yomon tush ko‘rganlar, epilepsiya bo‘lganlar keladi dam soldirgani. Ularga Qur’on o‘qib¸ tutatki qilaman. O‘zbekiston davlati tarafidan chiqarilgan Qur’oni Karim kitobidan yozib beraman, "Oyatlar xislatlari" degan kitobdan yozib beraman, olib ketishadi, - deydi Otajonov.

Huquq-tartibot xodimlarining olti yil avvalgi reydidan so‘ng mulla dam solish faoliyatini to‘xtatganini aytadi:

- Militsiyaga olib ketishdi meni o‘shanda. Kitoblarimni noqonuniy vahobiylarni adabiyoti deb, konfiskatsiya qilmoqchi bo‘lishdi. Men ularga qanaqa vahobiy, bu ota-bobomdan qolgan eski Fuzuliyning she’rlari bitilgan kitoblar ekanini aytdim. Tekshirib ko‘rib qaytarib berishdi keyin, - deydi Abduhamid Otajonov.

Xorazm viloyati hokimligining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘limi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda aholi orasida mulla yoki domla deb ataluvchi bu shaxsning aslida diniy tashkilotlarga aloqasi ham¸ tabiblik bo‘yicha litsenziyasi ham yo‘qligini aytdi.

XS
SM
MD
LG