Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:27

Parkentda oshiq yigit boshqaga unashtirilgan sevgan qizini pichoqlab o‘ldirdi


Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi mulozimi Ozodlikka shunday hodisa bo‘lganini tasdiqladi va bu bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi, “Qasddan odam o‘ldirish” bandi bo‘yicha ish ochilib, tuman prokuraturasi tergov olib borayotganini ma’lum qildi.
Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi mulozimi Ozodlikka shunday hodisa bo‘lganini tasdiqladi va bu bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi, “Qasddan odam o‘ldirish” bandi bo‘yicha ish ochilib, tuman prokuraturasi tergov olib borayotganini ma’lum qildi.

Parkentlik oshiq sevgan qizining boshqaga unashtirlishi ortidan uni va bo‘lajak kuyovni pichoqladi. Guvohlar yigit rashk ustida qotillikka qo‘l urganini aytishmoqda. Parkent tuman Ichki ishlar bo‘limi mulozimi Ozodlikka shunday hodisa bo‘lganini tasdiqladi va bu bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bo‘yicha ish ochilib, tuman prokuraturasi tergov olib borilayotganini ma’lum qildi.

Voqea Toshkent viloyati Parkent tumanida 25 avgust kuni sodir bo‘ldi.

Pichoqlagan yigit va pichoqlangan kelin-kuyovning ismi Ozodlikka ma’lum lekin tergov siri vajidan tahririyat buni ochiqlamaydi.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, pichoqlangan qiz voqea joyida halok bo‘lgan, uning bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Qotillikda gumon qilinayotgan yigitni militsiya qo‘lga olgan.

Halok bo‘lgan qiz qo‘shnilaridan birining Ozodlikka aytishicha, hibsga olingan yigit marhumning sinfdoshi bo‘lgan, qizning ota-onasi uni boshqa yigitga unashtirishgani uchun rashk ustida bo‘lg‘usi kelin-kuyovni pichoqlagan.

- Bu yigit qizni yaxshi ko‘rar ekan. Lekin qizning ota-onasi uni badavlat oiladan bo‘lgan yigitga unashtirgan. Kelasi hafta to‘ylari bo‘lishi kerak edi. Ularning uchrashishini poylab yurib haligi yigit pichoqlagan. Qiz shu yerni o‘zida o‘ldi, yigit o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, - deydi halok bo‘lgan qizning qo‘shnilaridan biri.

Ozodlik pichoqlab o‘ldirilgan qizning onasiga bog‘landi, lekin u gapirishni istamadi.

Parkent tuman Ichki ishlar bo‘limi mulozimi Ozodlikka shunday hodisa bo‘lganini tasdiqladi va bu bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi, “Qasddan odam o‘ldirish” bandi bo‘yicha ish ochilib, tuman prokuraturasi tergov olib borayotganini ma’lum qildi.

Parkent tumani prokuraturasi rasmiylari mazkur ish bo‘yicha tergov tugamaganini aytib, bu bo‘yicha izoh berolmasliklarini bildirishdi.

O‘zbekistonda rashq ustida ro‘y bergan jinoyatlar haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

O‘tgan yili Angren shahrida kuyov to‘ydan bir kun oldin pichoqlangan, lekin omon qolgan edi.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan guvohlar kelinning sobiq sevgilisi kuyovni pichoqlaganini aytishgan.

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida esa uch oy avval bokira chiqmadi deb haydalgan qizning otasi turmushga chiqishidan oldin qizi bilan sevishgan 28 yoshli yigitni pichoqlagani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Ikki yil avval esa Samarqandlik oshiq yigit sevgan qizining boshqaga unashtirilishi ortidan to‘y arafasi bo‘lajak kuyovni o‘g‘irlagan edi.

Yigit “kuyov o‘g‘irlash operatsiyasi”ga amakilarini ham jalb etgan. Kuyov o‘g‘rilari shu kuni militsiya tarafidan qo‘lga olingan. Ular bezorilikda ayblanib, uch yildan ortiqroq muddatga qamaldi. O‘g‘rilardan ozod bo‘lgan kuyovbola Bekmurod esa ertasi kuni unashtirilgan qizga uylangan edi.

XS
SM
MD
LG