Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:47

Jizzaxda maktab kotibasi osilgan holda topildi


Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shaharchasida joylashgan 50-umumta’lim maktabining 29 yoshli kotibasi o‘z uyi molxonasida osilgan holda topildi. Yaqinlari ayol o‘zini osganini Ozodlikka aytdi. Tuman Ichki ishlar bo‘limi mazkur holat bo‘yicha surishtiruv olib borayotganini ma’lum qildi.

Hodisa 31 avgust kuni Jizzaxning Zomin tumani Dashtobod shaharchasi Ulug‘bek mahallasida ro‘y berdi.

O‘zini osgan ayolning ismi Ozodlikka ma’lum, lekin jurnalistika odobi nuqtai nazaridan tahririyat uning ismini ochiqlamaydi.

Shu qishloq ahli vakillaridan birining Ozodlikka aytishicha, ayol maktabda tarqalgan o‘z shaxsiga oid gap-so‘zga chiday olmagan va molxonasi ayvonining to‘siniga o‘zini osgan.

- Bu ayol uzoq turmushga chiqmay qolgan. O‘zini osishidan oldin maktab rahbarlaridan biri bilan don olishib yurgan, degan gap so‘z butun qishloqqa tarqab ketgandi-da. Shu isnodga chiday olmay o‘zini osgan, - deydi marhumning hamqishlog‘i.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, o‘zini osgan ayolning otasi Ulug‘bek mahallasi faollaridan.

Lekin u qizining o‘limi yuzasidan Ozodlikka gapirishni istamadi.

Zomin tumani Ichki ishlar bo‘limi rasmiylari esa mazkur holat bo‘yicha surishtiruv olib borayotganini aytish bilan cheklandi.

50-sonli maktab direktori Ulfat Xoliqov o‘zi va hamkasblari kotiba qiz o‘zini osgani haqidagi xabardan larzaga kelganini aytdi.

- Juda yaxshi ayol edi. Hozir nimaga bunaqa qilganiga hayronmiz. Har xil gap-so‘z. Bu ish bo‘lishidan oldin kulib, o‘ynab yurgandi. Birdaniga shu xabarni oldik. Lekin, maktabda kim bilandir yurgani haqidagi gap-so‘zlar bo‘lmagan gap, - deydi Xoliqov.

Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 50-umumta’lim maktab so‘nggi uch yil ichida ikkinchi marta matbuot nazariga tushmoqda.

2015 yilda ayni maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi jinsiy ehtiyojini yetti yashar o‘quvchi qizlarga nisbatan g‘ayritabiiy usulda qondirganlikda gumonlanib, hibsga olingan edi.

Hozirda o‘qituvchi 17 yilga ozodlikdan ma’rum qilingan edi.

O‘zbekistonda yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari uchrab turadi.

O‘tgan oy Yangiyo‘l tumani, Navoiy mahallasi, Nihol ko‘chasida Yangiyo‘l iqtisodiyot kasb-hunar kollejining 3-kurs o‘quvchisi, 1999 yilda tug‘ilgan qiz oshxona to‘siniga o‘zini osgan va qiz vafot etgan edi.

2017 yilda Samarqandda 63 yoshli hamqishlog‘i zo‘rlagan 17 yoshli qiz o‘zini osgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatda ayollar o‘rtasida suiqasd holatlari soat sayin ortayotganini aytgandi.

Mirziyov o‘z qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning 70 foizi ayollarga tegishli ekanligini ta’kidlagan.

Prezident Xotin-qizlar qo‘mitasi nima ish qilishni bilmayotganini aytib, bunday tizimning kerakligini savol ostiga qo‘ygandi.

XS
SM
MD
LG