Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:30

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekiston hukumatini bloggerlarni ozod etishga chaqirdi


Hibsga olingan o‘zbek blogerlari.
Hibsga olingan o‘zbek blogerlari.

Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) O‘zbekiston hukumatini ijtimoiy va diniy mavzularni yoritayotgan bloggerlarni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, qo‘mita diniy mavzuni yoritgani uchun hibs qilingan kamida to‘rt nafar bloggerni ozod qilishni talab etdi.

Журналистларни ҳимоя қилиш қўмитаси Ўзбекистон ҳукуматини блоггерларни озод этишга чақирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:49 0:00

CPJ 6 sentabrda tarqatgan bayonotda Adham Olimov, Ziyodulla Kabirov, Otabek Usmonov va Xurshidbek Muxammadroziqovning ismlari keltiriladi. Mazkur bloggerlar 28 avgustdan 2 sentabrgacha bo‘lgan oraliqda turli shaharlarda qo‘lga olingan.

“Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston so‘z erkinligi vaziyatni yashilash masalasida jiddiy harakatlarni qilmayapti. Hukumat qo‘lga olingan bloggerlarni ozod qilishi va jurnalistlarga o‘zbek jamiyati uchun muhim bo‘lgan mavzularni sharhlashga imkoniyat yaratib berishi lozim”, deb bildirdi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Gulnoza Said.

Avvalroq Ozodlik radiosi o‘zbekistonlik qator bloggerlar militsiyaga olib ketilib, keyin 10-15 kunlik hibsga hukm qilinganlari to‘g‘risida xabar bergan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bloggerlar "militsiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik va ularga qarshilik ko‘rsatishda aybdor deb topilgan"ini ma’lum qilgan.

Mana shunday ayblov bilan 10 kunlik hibsga hukm qilingan 50 yoshli blogger To‘lqin Ostonov muddatini o‘tab ozodlikka chiqarilgani xabar qilindi.

Biroq hibs qilingani aytilayotgan boshqa bloggerlar - Atxam Olimov (Musannif Adham), Ziyodulla Kabirov (Ziyovuddin Rahim), Otabek Usmonov, Xurshidbek Muhammadroziqov, Miraziz Ahmedov, Dilshodbek Xalilov va Sulaymon Erkin to‘g‘risida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

O‘zbekistonlik qator bloggerlarning hibsga olinishi ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek kontentida noroziliklarga sabab bo‘ldi. 2 sentabrdan shu kungacha hibsdagi o‘zbek bloggerlari himoyasi uchun e’lon qilingan petitsiyaga mingga yaqin odam imzo chekdi.

Ayni paytda 6 sentabr kuni o‘zbek rasmiy matbuotida “Internet tarmog‘i veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizom” e’lon qilindi.

Unga ko‘ra¸ “Taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan butunjahon Internet tarmog‘idagi axborot resurslari reestri yuritiladi va reestrga kiritilgan axborot resurslaridan foydalanish cheklanadi”.

Biroq o‘zbekistonlik faollar bu bahonada hukumat o‘zgacha fikrdagi resurslarni ham ta’qib ostiga olishidan havotir bildirmoqda.

O‘zbekiston har yili "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining "Internet dushmanlari" bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida tilga olinadi.

XS
SM
MD
LG